Huawei 100 dollarlik planshetni taqdim qildi!

Huawei 100 dollarlik planshetni taqdim qildi!

Huawei kompaniyasi Honor turkumiga oid smartfonlardan so‘ng, xuddi shu nom ostida hamyonbop planshetlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Jumladan, 23 may kuni Honor Play Tab 2 planshetining 2 talqini namoyish qilindi.

Diagonal va xotira sig‘imlaridan tashqari, Huawei Honor Play Tab 2’ning har ikkala modelining boshqa jihatlari bir xil. Modelning kichik talqini 8, yuqori talqini 9,6 dyuymli, 1280×800 pikselli, IPS matritsali sensor ekranga ega. Shuningdek, kichik talqindagi planshetga 2 gigabaytli tezkor va 16 gigabaytli doimiy, yuqori talqin planshetga esa 3 gigabaytli tezkor va 32 gigabaytli doimiy xotira o‘rnatilgan.

Planshetlarda 4G/LTE tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydigan modul va 2 ta SIM-karta uchun bo‘lmacha mavjud. Korpusda microSD qo‘shimcha xotira fleshkasi uchun bo‘lmacha mavjud. Planshet Bluetooth 4.1 simsiz moduli va GPS tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi.

Planshetning “elektron yurakchasi” vazifasini 8 yadroli Snapdragon 425 protsessori bajaradi.

Huawei Honor Play Tab 2 devaysi 5 megapikselli bosh kamera moduli, 2 megapikselli old kamera moduli bilan ta’minlangan. Quvvat ta’minoti uchun elektr toki sig‘imi 4800 mA soat bo‘lgan batareya mas’ul. Planshetlar Android 7.0 operatsion tizimining EMUI 5.1 talqinida faoliyat ko‘rsatadi.

Sotuvga chiqish muddati va narx-navosi

Huawei Honor Play Tab 2’ning har ikkala talqini iyundan sotuvga chiqadi. Uning 8 dyuymli talqini 115 dollar, 9,6 dyuymli talqini 220 AQSh dollariga baholanishi aytilmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.