Huawei 23-dekabr kuni yangi smartfonlarini taqdim qiladi

Huawei 23-dekabr kuni yangi smartfonlarini taqdim qiladi

Yil yakunlanayotganiga qaramay, smartfonsoz kompaniyalar taqdimot marosimlarini o‘tkazishda davom etmoqda. Jumladan, vivo kompaniyasi 29-dekabr kuni yangi X60 lineykasi smartfonlarini namoyish qilishi kutilmoqda. Xuddi shunday, Huawei ham 23-dekabr kuni yangi smartfonlarini taqdim qilishi xabar qilinmoqda.

Oldinroq, Huawei o‘zining o‘rta toifa nova 8 seriya smartfonlarini dekabr oyida taqdim qilishni rejalayotgani haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Mana, kompaniya bu gaplar rost ekanini tasdiqlab, yangi smartfonlarni 23-dekabrda namoyish qilishini ma’lum qildi.

Weibo ijtimoiy tarmog‘ida qoldirilgan reklama postidan ko‘rish mumkinki, nova 8 seriyasi modellari ovalsimon orqa kameraga ega bo‘ladi.

Texnik jihatdan olib qaraganda, Huawei nova 8 seriyasi allaqachon taqdim qilinib bo‘lingan, sababi kompaniya ilgariroq ikki xil nova 8 SE smartfonini taqdim qilgan. 23 dekabr kuni esa nova 8 va nova 8 Pro modellari taqdim qilinishi kutilmoqda. Insayderlardan birining gapiga ko‘ra, taqdimotda Enjoy 20 SE modeli ham namoyish qilinadi.

Qizig‘i shundaki, taqdim qilinajak uchala model ham Kirin chipida ishlashi aytilmoqda. Vaholanki, AQSh qo‘ygan taqiq sabab Huawei Kirin chiplarini ishlab chiqarishni to‘xtatgan edi.

Ovalsimon kamera moduli ichiga beshta kamera joylanadi. Huawei nova 8 seriyasi modellari kamdan-kam hollarda Xitoydan tashqarida sotuvga chiqadi, biroq ulardagi texnik xususiyatlar keyingi boshqa modellarga ham joriy qilinadi.

O‘QING: Huawei bitta smartfonni necha soniyada yig‘ishini bilasizmi?

 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.