Huawei $90 dollarlik smartfon va ilg‘or fabletni namoyish qildi

Huawei $90 dollarlik smartfon va ilg‘or fabletni namoyish qildi

Huawei kompaniyasi 1 avgust kuni tashkil qilgan taqdimotida Honor Note 8 fableti hamda Honor Play 5 boshlang‘ich darajali smartfonni namoyish qildi.

Displey diagonali 6,6 dyuym bo‘lgan Honor Note 8 fabletining ekranining sig‘imi QHD (2560 × 1440 kisel) bo‘lib, u yuqori sifatli Super AMOLED platformasida ishlaydi.

Ingichka romli fabletning o‘lchamlari: 178,8 × 90,9 × 7,18 mm, og‘irligi — 219 gramm.

Gadjetning «yuragi» — Kirin 955 firma protsessori bo‘lib, har biri 4 yadroli 2 ta — 2,5 GGs Cortex-A72 va energo-tejamkor 1,8-GGs Cortex-A53 protsessor, jami 8 yadroga ega. Fabletda grafik-tasvirni qayta ishlash uchun markazlashtirilgan Mali T880-MP4 videokartasi mas’ul. Qurilma tezkor xotirasining sig‘imi 4 Gbayt.

Honor Note 8 mobil aloqa vositasida 2 tusli fotochaqnoq, suratni optik barqarorlashtirish tizimi bilan ta’minlangan, f/2.0 diafragmali 13 megapikselli bosh kamera mavjud. Videotelefoniya va selfi-s’yomkasi uchun 8 megapikselli old kamera o‘rnatilgan.

Honor Note 8’ning dasturiy platformasi sifatida Android 6.0 Marshmallow operatsion tizimining EMUI 4.1. moslashtirilgan interfeysi tatbiq etilgan. Fabletda barmoq izlari skaneri joriy qilingan.
Fablet Wi-Fi 802.11a/b/g/n/ac (2,4/5 GGs) va Bluetooth 4.2, GPS, NFC kabi simsiz aloqa tarmog‘i, USB Type-C turidagi portga ega.

Gibrid SIM-karta bo‘lmachasiga 2 ta kichik hajmdagi sim-karta yoki 1 ta sim-karta va 1 ta qo‘shimcha xotira kartasi (microSD) o‘rnatish mumkin. Smartfonning quvvati uchun 4500 mA soat elektr toki sig‘imiga ega akkumulyator.

Fablet mobil aloqa tarmog‘ining 4-avlodi hamda VoLTE, ya’ni LTE tarmog‘ida ovozli xabarlar jo‘natish texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Honor Note 8’ning 32, 64 va 128 Gbayt doimiy ichki xotira talqinlari joriy yilning 9 avgustidan 350, 380 va 420 AQSh dollari narxlarida Xitoy bozorida sotuvga chiqariladi.

Bugun namoyish etiladigan Samsung Galaxy Note 7’dan 1 kun oldin e’lon qilingan Honor Note 8 smartfon bozorida koreyalik yangi fablet bilan “jang” qilishi taxmin qilinmoqda. Bugun samsungning yangi fableti haqidagi batafsil ma’lumotlarni sizga yetkazamiz.

Honor Play 5

Shu bilan birga, Huawei shu kuni taqdim qilgan Honor Play 5 smartfoni eng sodda darajali bo‘lib, 5 dyuymli va 1280×720 piksel sig‘imli displey, 4 yadroli MediaTek MT6735P protsessori, Mali-T720 videokarta, 2 GB operativ hamda 16 GB doimiy, kengaytirish mumkin bo‘lgan xotira, 8 va 2 Mp kameralar, shuningdek 2200 mA soat akkumulyatorga ega.

Nomidan va ichki texnik imkoniyatlaridan ko‘rinib turibdiki, mazkur hamyonbop gadjetda zamonaviy o‘yinlarni o‘ynash mumkin. Honor Play 5 “aqlli telefon”i sotuvga 2 avgustdan 90 AQSh dollaridan chiqariladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!