Huawei Ark kompilyatori anonsi: kompaniya dasturchilarni HongMeng hamjamiyatiga chorlamoqda

  •   DiMaX
  •  765
  •  27.06.2019 14:23

Huawei Ark kompilyatori anonsi: kompaniya dasturchilarni HongMeng hamjamiyatiga chorlamoqda

Shanxay shahrida bo‘lib o‘tgan China Open Source 2019 sammitida xitoylik texnogigant vakili inqilobiy Huawei Ark kompilyatorini e’lon qildi. Kompaniyaning strategiyalar va soha taraqqiyoti bo‘yicha vitse-prezidenti Syao Ran (Xiao Ran) so‘zlariga ko‘ra, undan avgustda rasman foydalanish mumkin bo‘ladi.

O‘QING: Huawei’ni Android’dan mahrum etsa, Google o‘zi nimalarni yo‘qotadi?

Sodda qilib aytganda, kompilyator – kompilyasiya qiluvchi dastur yoki texnik vositadir. Kompilyasiya esa – turli dasturlash tillarida yozilgan barcha dastur modullarini moslashtiruvchi dasturlarni jamlash ishi, jarayonidir. Ya’ni, kompilyatorni dasturlarni muvofiqlashtirish platformasi, deyish mumkin.

Huawei Ark e’lon qilinishi munosabati bilan, kompaniya hamkorlarni va dastur ishlab chiquvchilarni Ark of Friends Circle hamjamiyatiga qo‘shilishga chaqirdi. Ark kompilyatorining ochiq dastlabki kodi – HongMeng operatsion tizimini ishga tushirish oldidan muhim qadam bo‘ladi.

Kompaniyaning da’vo qilishicha, Huawei Ark tizimning ishlash ravonligini 24 foizga, ta’sirlanish tezligini 44 foizga oshiradi. Bunda Android uchun ishlab chiqilgan chet ilovalar kompilyasiya qilinganidan so‘ng 60 foizga tezroq ishlaydigan bo‘ladi.

O‘QING: Android’dan 60 foizga tezkor HongMeng tizimini Xiaomi, Oppo va Vivo smartfonlarida ham sinab ko‘rishyapti!

Ark kompilyatorining anonsi Huawei P30 (sotib olish) smartfonining Xitoydagi taqdimotiga bag‘ishlangan konferensiyada bo‘lib o‘tdi. Unda kompaniyaning ta’kidlashicha Huawei P30 singari flagman modellarda Huawei Ark kompilyatori yanada yuksak natijalar namoyon etadi.

Mutaxassislarning fikricha, Ark kompilyatorining dastlabki kodining ochiqligi Huawei’ning yangi ekotizimiga dasturchilarni jalb etishi mumkin. Huawei o‘zining HongMeng (xorijga chiqariladigan modellarda – Oak OS yoki Ark OS) operatsion tizimini shu yil sentyabrning oxiri yoki oktyabrning boshlarida namoyish etishi kutilmoqda. Hozircha esa Android operatsion tizimli aksariyat Huawei smartfonlarini 1 059 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish imkoni mavjud.

O‘QING: Huawei bo‘sh kelmaydi – bir necha oydan so‘ng u Samsung’ni taxtdan ag‘darmoqchi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!