Huawei ayollar aqlli-soatlarini CES 2016 da namoyish etadi

Huawei ayollar aqlli-soatlarini CES 2016 da namoyish etadi

Xitoyning Huawei kompaniyasi CES 2016 elektronika xalqaro ko‘rgazmasiga ayollar uchun mo‘ljallangan Huawei Watch aqlli-soatlarini olib borishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi 9to5Google nashri.

Huawei kompaniyasi joriy yilning boshida aqlli-soatlar ichida o‘ziga xos dizayni bilan ajralib turuvchi ko‘rkam gadjetlarni namoyish etgan va kuzning oxirida sotuvga chiqargan edi. Hozir esa kompaniya ana shu turkumdagi mahsulotlar sonini ko‘paytirishni niyat qilgan.

Yangi gadjetlar funksional va texnik jihatdan avvalgilaridan keskin farq qilmaydi. Biroq yanada ko‘rkam korpus, ayollarga mos nafis tasmalarga ega bo‘ladi, deb xabar beradi axborot manbalari.

Kompaniya hozirda yangi siferblatlar va devays ustida ish olib bormoqda. Aqlli-soatlarning yangi avlodi 2016 yilning ikkinchi yarmida “muxlislar” qo‘liga yetib borishi mumkin. Ishlab chiqaruvchilar mobil tarmoqni qo‘llay oladigan versiyasini ham tayyorlamoqda. Ammo bu model bozorga chiqariladimi-yo‘qmi, bu haqida kompaniya ma’lum qilmagan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!