Huawei bayonot beradi: uning Kirin 980 chipi Apple A12 Bionic chipidan kuchli

  •   Saroy
  •  695
  •  24.09.2018 17:54

Huawei bayonot beradi: uning Kirin 980 chipi  Apple A12 Bionic chipidan kuchli

12 oktyabr kuni Londonda Huawei o‘zining yangi flagmani Mate 20 Pro modelini namoyish qilishni rejalashtirmoqda. Qurilma mutlaqo yangi Kirin 980 protsessorida ishlaydi. Huawei Kirin 980 va Apple A12 Bionic hozirda 7 nanometrli arxitekturaga mos yaratilgan  dunyoda yagona protsessorlar hisoblanadi. Shu yilning oxiriga kelib Qualcomm ham o‘zining 7-nanometrli  Snapdragon 855  protsessorini chiqaradi.

Kirin 980 chipi 6,9 milliard tranzistorlar bilan ta’minlangan bo‘lib,  Kirin 970 ga qaraganda 75 foizga ko‘pdir. Chipning grafikli yadrosi avvalgilariga qaraganda 57 foizga kuchaygan,  75 foiz tez va 178 foiz ko‘p samaradorlikka ega. Garchi Apple chipida ham shuncha tranzistorlar bo‘lsa-da, Huawei o‘zining ishlanmasi ancha kuchli ekanini ta’kidladi. Boshqa tomondan olib qaraganda, yangi chipdagi Apple mahsulotlari allaqachon sotuvga chiqqan.

O‘QING:Huawei Mate 20 Pro: «suvosti rejimi» siri oshkor bo‘ldi

Huawei’ning ta’kidlashicha,  Kirin 980’da suniy intellekt topshirig‘ini hal yetish uchun neyron ishlanmasining ikki bloki (NPU) bor va fotoni va videoni yaxshilash uchun ikkitalik  ISP (tasvirni qayta ishlaydigan protsessor) bilan ta’minlangan. Chip  LTE toifasini qo‘llab quvvatlaydi. Bundan tashqari, u Wi-Fi Hi1103 moduli bilan jihozlangan va yuklash tezligi bo‘yicha dunyodagi eng zo‘ri bo‘lib chiqdi.

O‘QING:Huawei yana Apple’ni kalaka qilyapti: iPhone xaridorlariga 60 dollarlik poverbanklarni tekinga ulashdi!

 

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!