Huawei bilan hamkorlik haqida «og‘zidan gullab» qo‘ygan mudofaa vaziri ishidan haydaldi

  •   DiMaX
  •  962
  •  02.05.2019 14:32

Huawei bilan hamkorlik haqida «og‘zidan gullab» qo‘ygan mudofaa vaziri ishidan haydaldi

Buyuk Britaniyaning bosh vaziri Tereza Mey mamlakatning mudofaa vaziri Gevin Uilyamsonni iste’foga chiqardi. Bunga esa uning Huawei bilan hamkorlik haqidagi ma’lumotni oshkor etgani sabab bo‘ldi.

O‘QING: Huawei P30 Pro shaxsiy ma’lumotlaringizni yashirincha Xitoyga uzatar ekan!

Gap shundaki, yaqinda Angliya Milliy xavfsizlik kengashi Huawei kompaniyasi bilan o‘zaro hamkorlik qilish borasida yopiq muzokara o‘tkazgan. Gevin Uilyamson esa ehtiyotsizlik qilib, buni jurnalistlarga aytib qo‘ygan va shu sababli lavozimidan chetlashtirilgan. Uning o‘rnini esa hozirda xalqaro taraqqiyot vaziri bo‘lib turgan Penni Mordont egallaydi.

Milliy xavfsizlik kengashi yopiq muzokarada, jumladan, Buyuk Britaniyada 5G tarmoqlarini barpo etish bo‘yicha Huawei bilan hamkorlik qilish masalasi ham muhokama etilgan edi.

Bu haqdagi ma’lumotlar aprelning oxirida sizib chiqqan. Xabarlarga ko‘ra, mamlakatda 5G tarmoqlarini yaratish uchun jihozlarni Huawei yetkazib berishini ommaviy axborot vositalariga Uilyamson «sotib» qo‘ygan. Bu esa jamoatchilikda katta rezonansga sabab bo‘ldi, chunki Buyuk Britaniyaning xitoylik texnogigant bilan hamkorligiga AQSh qarshi chiqqandi. Yaqinda okean orti yurtining Markaziy razvedka boshqarmasi (SRU) ushbu kompaniya Xitoy hukumati va maxsus xizmatlari tomonidan moliyalashtirilishini da’vo qilib chiqqandi.

O‘QING: O‘zbekistonda ilk bor jurnalist va blogerlarga yangi Huawei P30 turkumi smartfonlari kamera imkoniyatlari namoyish etildi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.