Huawei «Bir qadam oldinda»: Samsung’ning «teshik» ekranli smartfonlaridan avval Nova 4 chiqyapti! (+«jonli» suratlar)

  •   DiMaX
  •  971
  •  30.11.2018 09:20

Huawei «Bir qadam oldinda»: Samsung’ning «teshik» ekranli smartfonlaridan avval Nova 4 chiqyapti! (+«jonli» suratlar)

Samsung kompaniyasi ekranida old kamera uchun «kemtik» emas, balki «teshik» ochilgan ekranga ega smartfon chiqarmoqchi ekanini ma’lum qilgandi. Ammo janubiy koreyaliklar buni amalga oshirgunicha tinib-tinchimas xitoyliklar ulardan o‘zib ketishdi.

O‘QING: Samsung yana dog‘da qoldi: «tirqish»li ekranga ega smartfonni allaqachon xitoyliklar chiqarib ulgurishdi! («jonli» surat)

Internetda Huawei taqdimotga tayyorlayotgan navbatdagi smartfonning reklama posteri tarqalmoqda. Tasvirda aks etgan fazodagi «qora tuynuk» smartfonning displeyida old kamera uchun «o‘yilgan» tirqishga ishora qiladi:

Reklama posterida biryo‘la ikkita shior aks etgan: «One Step Further» («Bir qadam oldinda») hamda «See the Future» («Kelajakni ko‘rish»). Bulardan birinchisi shuni anglatadiki, Huawei kompaniyasi «teshik» ekranli smartfonni janubiy koreyalik raqibidan avval namoyish etadi.

O‘QING: Huawei allaqachon bitta smartfonida mutlaqo yangi – Fuchsia operatsion tizimini sinamoqda!

Huawei’ning «teshik» ekranli ilk smartfoni Nova 4 modeli bo‘lishi haqidagi farazlar hali bir necha kungina avval paydo bo‘lgan. Shuningdek, internetda mazkur gadjetning yana bir nechta «jonli» surati tarqalgan:

Aytish kerakki, allaqachon «tirqish»li displeyga ega smartfon tayyorlagan faqatgina Samsung bilan Huawei emas...

O‘QING: Galaxy A8s’ning yana bir raqibi – «teshik» ekranli Lenovo Z5s «jonli» surati bilan fosh etildi!

Huawei Nova 4 ilk bora Xitoy metropoliteni vagonida «qo‘lga tushgan» edi. Endi esa uning yuqoridagi ikkita va mana bu rasmlari ham paydo bo‘ldi:

Yuqoridagi posterga ko‘ra, Huawei Nova 4 mana shu dekabr oyidayoq rasman taqdim qilinadi. Xitoylik texnogigantning allaqachon jahon bozoriga chiqargan ayrim smartfonlarini esa allaqachon Terashop.uz internet-do‘konimizdan onlayn usulda, 890 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda sotib olish imkoni bor.

O‘QING: Terashop.uz’da Huawei smartfonlari narxlari (2018 yil 24 noyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!