Huawei birinchi bo‘lib HarmonyOS 2.0 proshivkasini oluvchi gadjetini e’lon qildi

  •   DiMaX
  •  678
  •  28.09.2020 11:01

Huawei birinchi bo‘lib HarmonyOS 2.0 proshivkasini oluvchi gadjetini e’lon qildi

HarmonyOS operatsion tizimi bultur taqdim etilgan bo‘lsa-da, Huawei hozircha unda ishlovchi smartfonlarni ommaviy chiqara boshlagani yo‘q. Xitoylik texnogigant yaqinda bo‘lib o‘tgan HDC 2020 marosimida tizimning ikkinchi – HarmonyOS 2.0 talqinini ham namoyish qilgan.

O‘QING: Huawei va BYD hamkorligida Harmony OS tizimli ilk avtomobil va yangi smartfon chiqdi

Kompaniya kuni kecha Hongmeng/HarmonyOS operatsion tizimli Huawei Smart Screen aqlli televizorlarining bir yilligini nishonladi. Shu munosabat bilan, IoT (buyumlar interneti) iste’molchilar bo‘limi rahbari Chji Xao (Zhi Hao) ayrim yangiliklarni e’lon qildi.

Jumladan, top-menejer e’lon qilishicha, Huawei Smart Screen televizorlari yangi avlod – HarmonyOS 2.0 operatsion tizimiga yangilanuvchi ilk gadjetlar bo‘ladi. Bundan tashqari, Huawei shu yilning oxirigacha turli ko‘ngil ochish servislari bozori uchun yangi seriyada smart-televizorlarni taqdim etadi.

Huawei Developer Conference 2020 tadbirida namoyish qilingan HarmonyOS 2.0 operatsion tizim talqini yana planshet, smart-soat va boshqa qurilmalarda ham qo‘llanadi. Mazkur ro‘yxatga Huawei smartfonlari shu yilning so‘ngida qo‘shiladi.

HarmonyOS (Xitoy bozorida – Hongmeng OS) mobil versiyasining dasturchilar tomonidan sinov ishlari shu yilning dekabrida boshlanadi. Keng foydalanuvchilar ommasi esa uni 2021 yilning yanvar – fevral oylarida Huawei hamda Honor smartfonlarida sinab ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.

Shu tariqa, oradan bir necha oy o‘tib, 2021 yilning o‘zida xitoylik texnogigantning turli mobil qurilmalari butunlay HarmonyOS tizimiga o‘tkazila boshlaydi.

O‘QING: O‘rta narxli o‘nta eng zo‘r smartfon (AnTuTu reytingi, 2020 yil avgust)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!