Huawei biryo‘la Samsung va Apple’ni masxaraladi

  •   DiMaX
  •  1864
  •  27.10.2018 09:20

Huawei biryo‘la Samsung va Apple’ni masxaraladi

Kuni kecha Apple hamda Samsung kompaniyalari Italiyada jarimaga tortilgan edi. Sababi – ular eski modellardagi smartfonlarining ishlashini dasturiy ta’minot orqali atayin sekinlashtirishganidir.

O‘QING: iPhone’larni atay sekinlashtirgani sababli Apple’ni sudga berishdi

Jadal rivojlanib kelayotgan yana bir texnogigant, bu ikki kompaniyaning asosiy raqibi bo‘lgan Huawei esa fursatdan foydalanib qoldi. U o‘z smartfonlarini hech qachon sekinlashtirmasligini e’lon qilib, bu bilan ikkala raqibi ustidan kuldi.

Kompaniya shu mazmundagi postini rasmiy Twitter-akkaunti orqali e’lon qilgan:

Shuningdek, xitoylik ishlab chiqaruvchi o‘zining yangi Mate 20 Pro flagmani bilan faxrlanishini ham qistirib o‘tgan. Huawei ushbu trolling-postida «Born fast, stays fast», ya’ni – «Tezkor bo‘lib tug‘ilgan, tezkorligicha qoladi» sloganini qo‘llagan.

O‘QING: Huawei yana Apple’ni kalaka qilyapti: iPhone xaridorlariga 60 dollarlik poverbanklarni tekinga ulashdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.