Huawei bitta smartfonni necha soniyada yig‘ishini bilasizmi?

  •   DiMaX
  •  2046
  •  01.12.2020 14:42

Huawei bitta smartfonni necha soniyada yig‘ishini bilasizmi?

Xitoyda o‘tkazilgan Changsha Cyber Security & Intelligent Manufacturing Conference anjumanida Huawei vitse-prezidenti va Huawei China Cloud and Computing prezidenti Shi Yaoxun kompaniyada smartfonlarning ishlab chiqarish tezligi to‘g‘risida ma’lumot berdi, deb yozmoqda Daryo nashri.

O‘QING: Huawei flagmanidan olganlarga iPhone 12 sovg‘a qilishyapti!

Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi yilda Huawei smartfon ishlab chiqarishga ketadigan vaqtni sezilarli darajada kamaytirgan. 2015 yilda bir dona smartfonni ishlab chiqarishga 10 daqiqaga yaqin vaqt ketgan bo‘lsa, 2020 yilda bu atigi 27 soniyani tashkil etmoqda.

Avvalroq Huawei Cloud Computing Technology raisi va Huawei Cloud Business prezidenti Chjen Yelay kompaniya ishlab chiqarish liniyalaridagi xodimlar sonini qisqartirganini ma’lum qilgandi: «Huawei Mate smartfonlar lineykasini xarajatlarni takomillashtirilgan boshqarish tizimiga muvofiq ishlab chiqaramiz. 2015 yilda har bir ishlab chiqarish liniyasiga 97 kishi talab etilgan bo‘lsa, Huawei Mate 40 uchun hozirda 14 kishi kerak bo‘lmoqda».

O‘QING: Bryus Li «birinchi raqamli Android-smartfon»ni e’lon qildi