Huawei bosh direktori: «HongMeng nafaqat Android, balki hatto iOS’dan ham zo‘r!»

  •   DiMaX
  •  1480
  •  08.07.2019 09:07

Huawei bosh direktori: «HongMeng nafaqat Android, balki hatto iOS’dan ham zo‘r!»

Xitoylik texnogigant o‘zining HongMeng operatsion tizimini tayyorlayotganidan xabaringiz bor. Sizlarga sevimli Terabayt.uz nashri allaqachon uning skrinshotlarini ham e’lon qilgan.

O‘QING: Huawei Ark kompilyatori anonsi: kompaniya dasturchilarni HongMeng hamjamiyatiga chorlamoqda

Huawei asoschisi hamda bosh direktori Ren Chjenfey kuni kecha Le Point nashriga intervyu berdi. Shunda uning ta’kidlashicha, HongMeng operatsion tizimi Android’dan 60 foizga tezkorroq bo‘lishidan tashqari, ishlash tezligi bo‘yicha hatto iOS tizimini ham ortda qoldirishi mumkin. Shu bilan birga, unda ilovalar va o‘yinlarni tanlash imkoniyati Google va Apple operatsion tizimlaridagi kabi keng bo‘ladi.

Janob Chjenfey so‘zlariga qaraganda, HongMeng tizimida operatsiyalar orasidagi ushlanib qolish vaqti 5 millisoniyaga ham bormaydi. Bundan tashqari, Huawei mazkur tizimni o‘zining Kirin turkumidagi protsessorlariga moslab optimallashtiradi.

O‘QING: Iphone XI qotili - Mate 30 ilk suratlarda!

Kompaniya bosh direktori yana HongMeng tizimining nafaqat smartfonlar va planshetlar, balki boshqa turdagi qurilmalarda ham ishlashini rasman tasdiqladi. Jumladan, yangi operatsion tizimni noutbuklarga, smart-soatlarga hamda fitnes-brasletlarga ham o‘rnatsa bo‘ladi. Bu jihatidan u Google tayyorlayotgan Fuchsia operatsion tizimiga o‘xshab ketadi.

Yangi ma’lumotlarga qaraganda, HongMeng (xorijga chiqariladigan modellarda – Oak OS yoki Ark OS) taqdimoti keyingi oyda – avgustdayoq bo‘lib o‘tishi mumkin. Mazkur operatsion tizimda ishlovchi ilk qurilmalar esa 2019 yilning oxirida chiqishi rejalashtirilgan.

Hozirgacha global bozorga chiqqan ayrim Huawei smartfonlarini esa allaqachon 1 059 000 so‘mdan boshlangan narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish mumkin.

O‘QING: «Huawei Uzbekistan» haqida siz bilmagan faktlar!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!