Huawei bu yil Kirin chipi va GPU Turbo bilan ta’minlangan smartfon chiqaradi

  •   Saroy
  •  954
  •  30.06.2018 15:39

Huawei bu yil  Kirin chipi va GPU Turbo bilan ta’minlangan smartfon chiqaradi

Huawei Consumer Business kompaniyasi prezidenti Jim Syuy kompaniyaning yaqin bir necha yillarga mo‘ljallangan rejalari bilan o‘rtoqlashdi. Shunday qilib, kompaniya kelasi yilda taxlama smartfonini chiqarishga qattiq bel bog‘lagani ma’lum bo‘lgandi, endi esa kompaniyaning yil oxirigacha to‘laqonli o‘yin smartfonini taqdim etish rejasi ham oshkor etildi.

Hozircha Huawei’da to‘laqonli geymer qurilma yo‘q, lekin  GPU Turbo texnologiya bor, u  GPU’ning ish samaradorligini 60 foizga oshirish imkonini beradi va elektr iste’molini 30 foizga kamaytiradi. Shunday qilib, uning yordamida smartfon o‘yinlarda (nafaqat o‘yinlarda) katta ish samaradorligiga erishadi.  Shu vaqtgacha GPU Turbo bilan Honor Play ta’minlangan edi.

O‘QING: Ofarin! Huawei liderga aylandi

Qaysi tomondan olib qaramang, baribir GPU Turbo gadjetni haqiqiy geymerlar  smartfoniga aylantira olmaydi, Huawei esa shu kamchilikka barham bermoqchi. Shunisi ma’lumki, Huawei’ning o‘yin uchun mo‘ljallangan  qurilmalari ham GPU Turbo texnologiyasi bilan ta’minlanadi. Bu esa Kirin (GPU Turbo aynan shu bilan ishlaydi) chipini ishlatishni nazarda tutadi. Agar ushbu ma’lumot o‘z tasdig‘ini topsa — yangi qurilma  Qualcomm platformasi bazasida ishlamaydigan birinchi o‘yin smartfoni bo‘ladi. Ehtimol, Huawei Kirin 980’ni ishlatar, u shu yilning kuzida chiqishi kerak.

Huawei’ning geymer smartfoniga  Razer Phone, Xiaomi Black Shark, Nubia Red Magic  va ASUS ROG Phone qurilmalari jiddiy raqobatchi hisoblanadi.

O‘QING: Sony Xperia XZ2 Premiumning narxi ma’lum bo‘ldi

 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!