Huawei buklama smartfonida qo‘llanuvchi displeyni BOE «jonli» videoda ishlatib ko‘rsatdi!

  •   DiMaX
  •  815
  •  05.01.2019 17:05

Huawei buklama smartfonida qo‘llanuvchi displeyni BOE «jonli» videoda ishlatib ko‘rsatdi!

2019 yil smartfonsozlikda trend bo‘lishi kutilayotgan buklanuvchi qurilmalar haqida ko‘p ma’lumotlar chiqmoqda. Kuni kecha shulardan birining ishlayotgan holdagi «jonli» videosini e’lon qilganmiz.

O‘QING: KUTILMAGAN VIDEO: Ishlayotgan holdagi Xiaomi Mi Mix Flex buklama smartfonini «jonli» tomosha qiling!

Chendu shahrida bo‘lib o‘tgan maxsus tadbirda displeysoz BOE kompaniyasi o‘zining yangi ishlanmasini namoyish etdi. Bu – buklanuvchi smartfonlarda qo‘llanadigan qayishqoq displey bo‘lib, o‘tgan yil noyabrda Samsung namoyish etgan qurilmaga o‘xshab ketadi.

Mana, uni birga tomosha qilamiz:

O‘QING: BUNAQASI BO‘LMAGAN: Sony shaffof buklama smartfon tayyorlayapti!

BOE namoyish etgan displey diagonaliga 7,56 dyuymlik o‘lchamga ega. Quyidagi suratda – stolga qo‘yilgan lavhada uning xususiyatlari yozib qo‘yilgan. BOE vakillarining ta’kidlashlaricha, bu ekran yuz ming martadan ortiq ochilib-yopilishga dosh beradi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Huawei korporatsiyasi qayrilma smartfon uchun displey borasida aynan BOE bilan hamkorlik qilayotir. Xitoylik texnogigantning ilk buklama devaysida ayni shu ekran qo‘llansa ham ajabmas.

O‘QING: Ilk buklama 5G-smartfon – FlexPai bugundan sotuvga chiqdi, lekin bu Samsung ham, Huawei ham emas! (+«jonli» videolar)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.