Huawei chekinmoqchi emas: Android 10 Q’gacha yangilanuvchi Honor smartfonlari rasmiy ro‘yxati

  •   DiMaX
  •  971
  •  19.07.2019 11:38

Huawei chekinmoqchi emas: Android 10 Q’gacha yangilanuvchi Honor smartfonlari rasmiy ro‘yxati

Garchi AQSh sanksiyalari tufayli Google kompaniyasi Android tizimidan foydalanishni cheklayotgan bo‘lsa-da, xitoylik texnogigant ushbu operatsion tizimni o‘z smartfonlariga joriy etishda davom etmoqda. Jumladan, yaqinda Android 10’gacha yangilanuvchi Huawei smartfonlarining rasmiy ro‘yxatini e’lon qilgandik.

O‘QING: Android Q talqinida smartfonlarga zo‘r funksiya qo‘shilyapti – endi iPhone’larga havas qilmasangiz ham bo‘ladi!

Yangi ma’lumotlarga qaraganda, Huawei kompaniyasi Android 10 Q bazasidagi EMUI 10 grafik qobig‘ini 9 avgustdayoq taqdim etadi. Shu bilan birga, korporatsiyaning subbrendi bo‘lmish Honor smartfonlari uchun Magic 3.0 grafik qobig‘i ham u bilan birga namoyish etiladi.

Bundan tashqari, kechagina Huawei kompaniyasining o‘zi Android 10 Q talqiniga asoslangan proshivkaga ega bo‘luvchi Honor smartfonlarini rasman e’lon qildi. Unga quyidagi modellar kirgan:

  1. Honor 20
  2. Honor 20 Pro
  3. Honor 20 Lite
  4. Honor V20
  5. Honor 10
  6. Honor 10 Lite
  7. Honor 8X

Kuzatuvchilarga ko‘ra, Android 10 Q bazasidagi EMUI 10 hamda Magic 3.0 grafik qobiqlari yangilangan interfeys, yangicha belgichalar hamda modifikatsiyalangan ilovalarni olib keladi.

Afsuski, Honor brendiga mansub smartfonlar O‘zbekistonda rasman sotilmaydi. Global savdoga chiqqan aksariyat Huawei smartfonlarini bo‘lsa 1 059 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar asosida Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish mumkin.

O‘QING: Android Q tizimining yana bir noxush xususiyati aniqlandi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.