Huawei’dan syurpriz: u ham o‘yinbop smartfon – Mate 20X flagmanini tayyorlabdi!

  •   DiMaX
  •  454
  •  09.10.2018 12:51

Huawei’dan syurpriz: u ham o‘yinbop smartfon – Mate 20X flagmanini tayyorlabdi!

Internetda yangi tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, Huawei kompaniyasi Mate 20 hamda 20 Pro modellaridan tashqari yana bitta flagman tayyorlagan. Aksariyat uni Huawei Mate 20 smartfonining premial – Porsche Design modifikatsiyasi, deya taxmin qilgandi.

O‘QING: Huawei Mate 20 va Mate 20 Pro: iPhone XS’dan ham qimmatmi

Ammo ishlab chiqaruvchi o‘z Twitter-akkaunti orqali e’lon qilgan tizerga ko‘ra, Mate turkumi mutlaqo yangi smartfon evaziga kengaytirilmoqda. Ushbu yangi gadjet Huawei Mate 20X deb atalib, mobil o‘yinlar ishqibozlariga mo‘ljallangan.

O‘zingiz ham payqaganingizdek, Huawei o‘zining yangi Mate 20X modelini ham avvaldan ma’lum bo‘lgan Mate 20 hamda Mate 20 Pro bilan birga taqdim etishi kutilmoqda.

O‘QING: Mate 20 taqdimoti anonsida Huawei yana Apple’ni masxara qildi

Twitter orqali e’lon qilgan qisqa tizerga ko‘ra, Huawei Mate 20X geymerofoni sig‘imdor akkumulyatorga va takomillashtirilgan sovitish tizimiga ega. Smartfon o‘rniga xuddi shu shakldagi muz parchasi namoyish etilgani ham shunga ishora qilayotir.

Aytish kerakki, Mate turkumidagi o‘yinbop smartfon barcha uchun syurpriz bo‘ldi, chunki shu paytgacha bunday gadjet haqida hech qanaqa ma’lumot yo‘q edi. Endi esa Huawei Mate 20X modelining asosiy xususiyatlari ham ma’lum.

Ta’minlarga ko‘ra, bu smartfon diagonaliga 7,21 dyuymlik OLED-displey bilan jihozlanadi. U Huawei’ning flagman protsessori – Kirin 980 bazasida ishlaydi. Mate 20X tezkor xotirasi 4, 6 va 8 gigabaytlik, doimiy xotirasi esa 128 dan 512 gigabaytgacha bo‘lgan variantlarda taqdim etiladi.

Aytish kerakki, aynan o‘yinbop smartfon sifatida ilk bor Razer Phone qurilmasi taqdim etilgan. Ushbu ishlab chiqaruvchi mazkur smartfonning ikkinchi avlodi – Razer Phone 2 modelini ham yaqin orada namoyish qilmoqchi. Bulardan tashqari Xiaomi Black Shark (uning ikkinchi avlodi – Black Shark 2 ham tayyor), Nubia Red Magic va ASUS ROG Phone kabi geymerofonlar chiqqan. Shuningdek, Samsung ham geymerlar uchun smartfon chiqarmoqchi va bu Galaxy X modeli bo‘lishi ham mumkin.

O‘QING: Ilk o‘yinbop smartfon kutilmaganda naq 300 dollarga arzonlashdi!