Huawei ekranosti selfi kamerali smartfonni patentladi

Huawei ekranosti selfi kamerali smartfonni patentladi

Ayni damda ZTE ekranosti kamerasiga ega smartfonni tijoriy ravishda sotayotgan yagona kompaniya hisoblanadi.

O‘QING: Yashirin old kamerali ZTE Axon 20 5G smartfonining ilk rasmiy surat va videosi!

Samsung Galaxy Fold3 ham ayni texnologiyaga ega bo‘lishini kutib qolamiz. Oppo ham mazkur yechim ustida ishlashni allaqachon boshlab yuborgan. Endi esa ekranosti kameraga ega smartfonni patentlash bilan Huawei ham yuqoridagi kompaniyalar qatoriga qo‘shildi.

Rasmiy hujjat illyustratsiyalar bilan taqdim qilingan. Chizmalardan foydalanib, LetsGoDigital'dagilar qurilma renderini yaratgan. Tasvirdan ko‘rinishicha, smartfon kamera va umumiy dizayn borasida Honor X20 SE'ga anchayin o‘xshash. Holbuki, patent chizmalari tayyorlanayotgan mahsulotning aniq tasvirini aks ettirishi shart emas, shu sababdan ushbu smartfon ko‘rinishi butunlay boshqacha bo‘lishi ham mumkin.

Patent Xitoy milliy intellektual mulk boshqarmasiga topshirilgan. Bundan hayron qolmasa ham bo‘ladi, chunki ayni damda Huawei uchun asosiy katta bozor faqat Xitoy bo‘lib turibdi.

O‘QING: Samsung ekranosti kamerali ilk devaysini ko‘rsatdi, lekin bu smartfon emas! (rasmiy video)