Huawei endi Samsung’ga qaqshatqich zarba berish yo‘lini topdi!

  •   DiMaX
  •  7027
  •  03.02.2020 09:16

Huawei endi Samsung’ga qaqshatqich zarba berish yo‘lini topdi!

Yildan-yilga flagman smartfonlar takomillashib borishi bilan birga, ularning narxlari ham shunga yarasha har gal yuqoriroq bo‘lib kelayotganini payqagansiz-a? Xitoylik texnogigant bu yil shu an’anaga chek qo‘ymoqchi.

O‘QING: Samsung eng qimmat flagmani narxini naq uchdan bir qismiga pasaytirdi!

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Huawei P40 nafaqat eng ilg‘or, balki shu bilan birga eng arzon kamerofonlardan biri bo‘lishi kutilmoqda. Insayderlarning xabar berishlaricha, kompaniya ushbu flagmanining boshlang‘ich konfiguratsiyadagi variantini atigi 599 yevro narxida bozorga chiqarmoqchi. Taqqoslash uchun keltirib o‘tsak: yaqin kunlarda taqdim etiladigan Xiaomi Mi 10 ham Yevropada taxminan shu narxda (Xitoyning o‘zida esa – deyarli 500 dollardan) sotiladi.

Aytish kerakki, xitoylik texnogigantning oldingi avlod flagmani – Huawei P30 dastlab 799 yevrodan, Huawei P30 Pro esa – 999 yevrodan sotila boshlagan. Yangi smartfonni avvalgilaridan ham arzon chiqarish bilan bu korporatsiya asosiy raqibi – Samsung’ga zarba berishni ko‘zlagani aniq. Zero, uning Galaxy S20 flagmanlar oilasidagi smartfonlar kishini lol qoldiradigan darajada yuqori narxlanishi aytilgan.

Hozirgacha tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, Huawei P40 kompaniyaning o‘z ishlanmalari bo‘lgan Kirin 990 protsessori va Balong 5000 5G-modemiga va uch modulli bosh kameraga ega. Huawei P40 Pro modelining mobil platformasi ham shu bo‘lsa-da, uning kamerasi to‘rttalik va 10 karra optik zumga ega bo‘lishi aytilmoqda. Ular joriy yilning martida taqdim etishlari kerak; ammo Xitoydagi koronavirus epidemiyasi tufayli namoyish keyinroqqa surilishi ham mumkin.

O‘QING: Huawei P40 Pro «jonli» suratlarda

 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.