Huawei eng arzon 5G-smartfoni namoyishini rasman e’lon qildi!

  •   DiMaX
  •  1932
  •  18.05.2020 12:51

Huawei eng arzon 5G-smartfoni namoyishini rasman e’lon qildi!

Xitoylik texnogigant yaqinda arzon Huawei Y6P hamda Huawei Y5p smartfonlarini va MatePad T8 planshetini taqdim etgan edi. Endi esa u Enjoy Z 5G rusumli smartfoni taqdimotini e’lon qildi.

O‘QING: Android’ning umuman keragi yo‘q: Harmony OS va «yashirin kamera»li Huawei Mate 40’ni ilk bor «jonli» ko‘ramiz!

Enjoy Z 5G rusumli bu qurilmani 24 may – yakshanba kuni rasman namoyish qilishadi. U beshinchi avlod uyali aloqa standartini qo‘llovchi eng arzon Huawei smartfoni bo‘lishini aytishmoqda.

Afsuski, hozircha Huawei Enjoy Z 5G haqida tafsilotlar e’lon qilinmagan, lekin u 20 may kuni taqdim etilayotgan Honor X10 modelining qayta nomlangan versiyasi bo‘lishi mumkin.

Bu model esa 6,63 dyuymlik IPS-displey, Kirin 820 protsessori, 6 GB tezkor va 64/128 doimiy xotiraga ega bo‘lishi aytilgan. Uning 4200 mA/soatlik akkumulyatori esa 22,5 vattlik quvvat bilan tezkor zaryad olishga qodir bo‘ladi.

O‘QING: Aprelda chiqqan Android-smartfonlardan qaysilari eng zo‘r? (Master Lu reytingi)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!