Huawei eng yangi - Mate 20 va Mate 20 Pro smartfonlari taqdimotini o‘tkazdi

Huawei eng yangi - Mate 20 va Mate 20 Pro smartfonlari taqdimotini o‘tkazdi

Huawei'ning P20 Pro smartfoni 2018-yilda dunyoning eng zo‘r smartfoni deb tan olingandi. Huawei'dan hamma juda katta yangilikni kutishdi chunki Huawei bu safar o‘zidan o‘zi o‘tishi kerak edi. Tarixda birinchi marta Huawei'ni shunchaki oddiy telefon ishlab chiqaruvchi sifatida emas, mobil texnologiyalar bozorida eng innovatsion kompaniya sifatida kuzatishdi.

Hozir, Mate 20 Pro smartfonida qilingan yangiliklarni ko‘rib chiqamiz, ishonchni oqlashdimi yoki yo‘qmi xulosa o‘zingizdan.

1. Yuzni tanivchu 3D skaner. Huawei birinchi marta o‘z telefoniga 3D skaner qo‘shdi. Oldin telefonni yuz orqali blokdan chiqarish uchun old kameradan foydalanilardi. Demak, bu borada Huawei Apple va Xiaomi dan (Xiaomi Mi 8 Pro) keyin uchinchi bo‘lib ushbu texnologiyani kiritdi o‘z smartfonlariga.

2. Ekran ostidagi barmoq izi skaneri. Bungacha barmoq izi skanerini ekran ostiga faqat Vivo, Oppo va Xiaomi (Xiaomi Mi 8 Pro) kiritgandi. Lekin, funksiya yuqori aniqlikda ishlardi deyish qiyin. Aytishlaricha Huawei da bu sistema xatolarsiz mukammal ishlaydi.

3. Nano SD. Shu vaqtgacha telefonlar xotirasini ko‘paytirish uchun Mikro SD ya’ni oddiy fleshka qo‘yilardi. Huawei birinchi bo‘lib yangi standart Nano SDga o‘tdi. Nano SD fleshkalari ham Huawei tomonidan ishlab chiqariladi. Nano SDning o‘lchamlari nano sim karta bilan bir xil bo‘ladi, Huawei ning ta’kidlashicha oddiy Mikro SDga nisbatan ikki barobar tez ishlaydi.

4. Barmoq izlarini olmaydigan maxsus shisha. So‘nggi vaqtda hamma smartfonlarning orqa tomoni shisha yoki keramikadan ishlab chiqarilmoqda. Huawei Mate 20 Pro ni ham orqa tomoni shishadan. Shishaning eng muammoli tomoni, barmoq izi qoladi, telefon doim kir bo‘lib yurgandek tuyiladi. Huawei ni aytishi bo‘yicha yashil va ko‘k ranglari uchun maxsus “hyper optical“ shisha ishlab chiqarilgan va barmoq izini boshqa telefonlarga nisbatan kam oladi.

5. Yangi Kirin 980 protsessori. Ushbu protsessorni taqdimotini Huawei ikki oy oldin o‘tkazgandi va uni dunyodagi eng kuchli telefon protsessori sifatida namoyish etgandi. Huawei Mate 20 Pro sun’iy intellektni eng mukammal darajaga olib chiqqan Kirin 980 protsessorida ishlovchi birinchi smartfon bo‘ldi. Natija kutilganidek, Antutu benchmarketida smartfon 300 mingdan o‘tib ketdi. Shubhasiz hozirgi kunning eng kuchli protsessori.

6. Kamerada “Super Macro“ rejimi. Kamera borasida hozirgi kunda Huawei P20 Pro dunyoda eng zo‘r. Huawei Amerikani qayta ochmasdan Mate 20 Pro da oldingi kamerani imkoniyatlarini yaxshilashni ma’qul ko‘rgan. Birinchidan rasmlar sifati sun’iy intellekt va katta imkoniyatlarga ega bo‘lgan protsessor evaziga yaxshilangan bo‘lsa, ikkinchidan dasturda kichik to‘g‘rilashlar kiritilgan va kamera sifati Huawei P20 Pro dan qolishmaydi. Bu safar ham uch ko‘zli kamerani professional fotoapparatlar bozorida eng zo‘rlardan biri bo‘lgan Germaniyaning Leica kompaniyasi ishlab chiqqan. Eng katta yangilik, “Super Makro“ rejimi. Bu rejimda kichik narsalarni rasmga olganda eng kichik detallarni olib beradi. Turli xil testlarning ko‘rsatishicha MAte 20 Pro kamerasi "Super Macro" rejimida inson ko‘zi olmaydigan eng kichik zarra changlargacha ko‘rar ekan. Aytgancha, kamera 3 ko‘zli, birinchisi 40 megapiksel, ikkinchisi 20 MP, uchinchisi 8, umumiy 68 MP.

7. "Photomaton" rejimi. Old kamera 24 MP bo‘lib, bu safar yangilik sifatida “Photomaton“ rejimi kiritilgan. Ya’ni old kamerada rasmga olganda yuzni yoritib orqa fonni qoraytiradi.Shunga o‘xshash funksiya iPhone va Xs da bor.

8. "Bokeh effekt"ida video. Oxirgi yilda portret rejimi ya’ni "Bokeh effekt"i (oldindagi ob’yekt yoki shaxsni tiniq qilib orqa fonni xiralashtirish) rasmga olganda deyarli hamma smartfonlarda paydo bo‘ldi. Lekin, bunaqa funksiya hali videoga kiritilmagandi. Endilikda, Huawei Mate 20 Pro Bokeh effekti bilan videoga oladi. Shuningdek Frandroid nashrining ta’kidlashicha Mate 20 Pro eng ko‘p video imkoniyatiga ega telefon emish, 21:9 formatda hatto kino olsa bo‘ladi deyishyapti mutaxassislar.

9. Cat 21. LTE 4G tezkor tarmog‘i (1.4 GB tezlik). Huawei eng birinchilardan bo‘lib 21 kategoriya LTEni o‘z smartfoniga kiritda. Endi Mate 20 Pro 4G tarmog‘ida 1.4 Gb tezlikkacha ma’lumot alishishi ya’ni internetda ishlashi mumkin.

10. 4200 mA/C batareya. Flagmanlar orasida Mate 20 Pro eng katta batareyaga ega bo‘ldi, hali flagmanlar orasida biror biri 4200 mA/C batareyaga ega emas edi.

11. Simsiz zaryadlash imkoniyati. Huawei P20 Pro dan farqli ravishda Mate 20 Proni simsiz zaryadlash mumkin. Va birinchi marta smartfonlar orasida Mate 20 Pro faqatgina simsiz zaryad olibgina qolmasdan, simsiz boshqa telefonni zaryadlashi ham mumkin. Masalan siz iPhone Xs ni Huawei Mate 20 Pro ga tekkizib qo‘yib zaryadlashingiz mumkin.

12. Rekord darajada tez zaryad olish. Yangi smartfon Super Charge 2.0 40W tez zaryadlanish funksiyasini o‘ziga kiritgan. Siz smartfonni rekord darajada tez, 30 minutda 73 foizgacha zaryadlashingiz mumkin.

Albatta, bugungi kunda bozorda eng zo‘r smartfonlardan birini chiqargandan keyin narx ham shunga yarasha bo‘lishi kerak. Huawei Mate 20 Pro ning 128 GBlik versiyasi Yevropa bozorida 1000 yevrodan sotiladi ya’ni iPhone Xs 64 GB bilan bir xil narxda.

Umid qilamanki Huawei kompaniyasi vakillari manga ushbu smartfonni birinchi bo‘lib test qilish imkoniyatini taqdim etishadi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!