Huawei “eng yaxshi surat oladigan smartfon” – P9’ni namoyish qildi

Huawei “eng yaxshi surat oladigan smartfon” – P9’ni namoyish qildi

 

Xitoylik yirik ishlab chiqaruvchi Huawei o‘zining P9 turkumidagi navbatdagi ikki smartfonini namoyish qildi. Kompaniyaning aytishicha, smartfonlarning har ikkalasi foydalanuvchilarga suratga tushishning zamonaviy imkoniyatlari bilan manzur bo‘ladi.

P9 hamda uning bir oz yirikroq talqini P9 Plus devayslarining har ikkisi Germaniyaning ko‘p yillik (102) tajribaga ega Leica firmasi bilan hamkorlikda tayyorlangan 12 MP qo‘sh ob’yektivli bosh kamerlari bilan ta’minlangan.

камера

Huawei kompaniyasi mazkur qurilmalarning kamerasini xalqaro smartfon bozorida undan bir qadam oldinda borayotgan Apple hamda Samsung kompaniyalarining so‘nggi yutuqlari bilan taqqoslab ko‘rishdan cho‘chimadi.

6 aprel kuni Londonda bo‘lib o‘tgan taqdimot jarayonida Huawei’ning mobil telefonlar bo‘yicha rahbari Richard Yuning qayd etishicha, kompaniya Leica firmasining eng takomillashtirilgan surat olish texnologiyasi bilan boyitilgan smartfon kameralarini foydalanuvchilarga taqdim etmoqda.

P9

Kompaniyaning aytishicha, P9 kamerasining yuqori sezuvchanlik funksiyasi iPhone 6s kamerasida olingan suratlardan 270 foizga, Samsung Galaxy S7 gadjeti muhrlagan tasvirlardan  90 foizga yuqori, ya’ni yorug‘lik past joyda ham, ravshan va sifatli surat olish mumkin.

“To‘g‘ri, iPhone qurilmalari sifatli surat olishda yetakchi, ammo biz ulardan yaxshiroqmiz,” dedi Richard Yu.

Smartfonlar 5 MP old sensorli kamera bilan ta’minlangan.

P9 flagmani iPhone 6s (4.7 dyuym) gadjetiga qaraganda yupqa va yirik displeyga ega bo‘lib, ekrandagi ranglar namoyishi ham ayfonga nisbatan yuqori. Ammo uning bir ojiz jihati akkumulyator sig‘imida. Ya’ni P9 quvvat toshining 3000 mA soat sig‘imi ayfonga nisbatan deyarli ikki barobar kamroq. Bu esa qurilma savdosiga jiddiy ta’sir o‘tkazishi mumkin.

Huawe P9

P9 smartfoni 5.2 dyuymli 1080p fomartida namoyish qiluvchi displey va 2.5 GGs chastotada ishlaydigan, 64 bitli Kirin 955 protsessoriga ega.

P9 Plus gadjeti esa 5.5 dyuymli “Press Touch” texnologiyasidagi displeyga ega. Smartfon 3,400 mA soat quvvat sig‘imiga ega.

Yangi smarftonlar Android 6.0 opreatsion tizimida faoliyat ko‘rsatadi.

“Jahondagi smarfton foydalanuvchilari yil mobaynidan milliardlab suratlar olishadi. Biz esa ana shu jarayonni yangi innovatsiyalar bilan boyitishda foydalanuvchilar fikrlariga tayandik,” deydi janob Yu.

Har ikkala qurilma barmoq izi skaneri bilan ta’minlangan bo‘lib, ular barmoqni 3D formatida skaner qilib, so‘ng foydalanuvchiga tizimga kirishiga ruxsat beradi.

Huawei’ning ushbu smartfonlari alyuminiy korpusda ishlab chiqarilgan. Korpusning qalinligi 6,4 mm. Solishtirish uchun aytamiz, Samsung Galaxy S7 smartfonining korpus qalinligi 7,9 mm.

Kompaniya tatbiq etayotgan “dual-IC Rapid Charge” texnologiyasi quvvat toshi – akkumulyatorni 10 daqiqa ichida 6 soatlik suhbat uchun yetarli quvvat bilan ta’minlaydi.

Smartfonlardagi microSD qo‘shimcha xotira bo‘lmachasi yordamida foydalanuvchilar xotira sig‘imini kengaytirishlari mumkin.

Huawei P9

Smartfonlarni joriy yilning aprel oyidan boshlab sotilishi ma’lum qilingan. P9 devaysining 32 GB talqini uchun 683 AQSh dollari, xuddi shu talqindagi P9 Plus 800 AQSh dollari miqdorida narx belgilanishi kutilmoqda.

Apple esa iPhone 6s mobil aloqa vositasining eng arzon 16 GB talqinini $759 dollardan, Samsung S7 smartfonining eng arzon 32  GB variantini $801 AQSh dollaridan sotmoqda.

Dunyo smartfon bozorida nufuzi oshib borayotgan Huawei kompaniyasi yuqoridagi smartfonlar bilan bir qatorda TalkBand B3 yangi “aqlli bilak aksessuari”ni ham namoyish qildi. Uning asosiy vazifasi egasining harakat yo‘nalishini qayd etib borish bo‘lsa ham, uning yordamida qo‘ng‘iroqni amalga oshirish yoki qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish mumkin.

Huawei kompaniyasi jahon smartfon bozorini aqlli gadjetlar bilan ta’minlayotgan 3 yirik kompaniya hisoblanadi. Uning xalqaro smarfton bozoridagi ulushi 8.1 %. IDC tadqiqot firmasining ma’lum qilishicha, bu bozorda yetakchi bo‘lgan Samsung’ning ulushi 21 % va Apple’ning ulushi 19 %.