Huawei fevral oyidan kompyuter ishlab chiqarishni boshlamoqchi

Huawei fevral oyidan kompyuter ishlab chiqarishni boshlamoqchi

Xitoyning Huawei kompaniyasi fevral oyida o‘zining birinchi shaxsiy kompyuterini taqdim etish niyatida. Bu xabarni Xitoy nashrlari tarqatdi. Huawei ekspertlari Intel korporatsiyasining mutaxassislari bilan birga yangi kompyuter yaratish ustida ish olib bormoqda. Huawei savdo aylanmasi va tushum jihatdan Amerikaning Apple kompaniyasi darajasiga yetishni rejalashtirgan.

2015 yilning iyulida Huawei yarim yillik faoliyatini hisob-kitob qilgan va o‘tgan yilning ayni davriga nisbatan 130 foizlik ko‘rsatkich qayd etilgan. Bu so‘nggi besh yil ichidagi eng yaxshi natijadir.

Huawei Technologies Co. Ltd 1987 yilda Xitoyda tashkil topgan. Telekommunikatsiya sohasida faoliyat yurituvchi yirik kompaniyalardan biri. 2015 yilda smartfon ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha jahonda uchinchi o‘rinni egalladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!