Huawei flagmanidan olganlarga iPhone 12 sovg‘a qilishyapti!

  •   DiMaX
  •  4621
  •  19.11.2020 09:57

Huawei flagmanidan olganlarga iPhone 12 sovg‘a qilishyapti!

Yaqindagina ikkita yirik texnogigant – Huawei hamda Apple korporatsiyalarining so‘nggi flagmanlari sotuvga chiqdi. Aksariyat xaridorlar Mate 40 yoki iPhone 12 turkumidagi smartfonlardan qay birini olish borasida ikkilanishlari turgan gap.

O‘QING: Bryus Li «birinchi raqamli Android-smartfon»ni e’lon qildi

Xitoyda esa bunday tanlash muammosi bo‘lmaydi, shekilli. Zero, mahalliy onlayn do‘konlardan biri milliy kompaniyaning flagmanidan olgan xaridorlarga kupertinoliklarning ayfonini shunchaki hadya qila boshladi!

Mazkur aksiya doirasida 26 noyabr kuni tezkor/ichki xotirasi 8/128 gigabaytlik Huawei Mate 40 Pro sotib olganlarga tasodifiy rangdagi, 64 gigabaytlik doimiy xotiraga ega bo‘lgan iPhone 12 sovg‘a tarzida beriladi. Ushbu jamlanma uchun sotuvchi 6499 yuanlik narx belgilagan, bu esa hozirgi kurs bo‘yicha taxminan 992 AQSh dollariga to‘g‘ri keladi.

To‘g‘ri, bunda hamma ham bitta flagman narxida ikkitasini olib ketavermaydi. Aksiya tavsifida yozilishicha, unga qo‘yilgan smartfonlar miqdori cheklangan. Demak – eng olg‘irlar aksiyadan foydalanishga ulgurib qolishlari mumkin.

O‘QING: Turli davlatlarda iPhone 12 Pro sotib olish uchun qancha vaqt ishlash kerak?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.