Huawei flagmanlari uchun 5G-modulli Kirin 990 protsessori yaqinda taqdim etiladi

  •   DiMaX
  •  533
  •  09.11.2018 13:49

Huawei flagmanlari uchun 5G-modulli Kirin 990 protsessori yaqinda taqdim etiladi

Joriy yilning avgust oyi so‘ngida Huawei kompaniyasi 7 nanometrlik texnologik jarayonga asoslangan dunyodagi ilk protsessorni taqdim etdi. Kirin 980 rusumli ushbu chip keyinroq uning flagman smartfonlari «yuragi» sifatida bozorga ham chiqdi.

O‘QING: Huawei bayonot beradi: uning Kirin 980 chipi Apple A12 Bionic chipidan kuchli

Endi esa xitoylik texnogigant allaqachon navbatdagi – Kirin 990 chipi ustida ishlayotgani hamda uning ayrim xususiyatlari ma’lum bo‘ldi. Xabarlarga ko‘ra, bu protsessor ham 7 nanometrlik tex-jarayon asosida tayyorlanadi, ammo uning arxitekturasi yangilanadi. Yangi chip yaqinda chiqqan «ajdod»iga nisbatan 10 foizga samaradorroq va tejamkorroq bo‘ladi.

Yakka kristalli Kirin 990 tarkibiga yangi avlod – Balong 5000 rusumli 5G-modem ham kiritiladi. Ya’ni, ushbu protsessor bazasidagi smartfonlar beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ida ham ishlay oladi.

Chipning ishlab chiqarilishi Taiwan Semiconductor Manufacturing Company kompaniyasiga topshirilgan. Gap-so‘zlarga qaraganda, u yerda allaqachon qiymati naq uch million dollarlik testlar o‘tkazilmoqda. Aynan nimani sinab ko‘rayotganlari va bu sinovlarning nega bunchalik qimmatga tushishi ma’lum emas.

Manbalarga ko‘ra, Kirin 990 protsessorini juda yaqinda, aniqrog‘i – 2019 yilning ilk choragida rasman namoyish etishadi. Aftidan, uning taqdimoti fevraldagi MWC 2019 ko‘rgazmasi doirasida o‘tkazilsa kerak. Yangi chip bazasidagi kuchli smartfonlarni esa kelasi yil bahorining so‘ngida kutish mumkin.

Darvoqe, Huawei allaqachon dunyo bozoriga taqdim etgan ayrim smartfonlarni 890 000 so‘mdan boshlangan narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: Huawei’ning Xiaomi Mi Mix 3’ga javobi – 6 kamerali Honor Magic 2 slayderi chiqdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.