Huawei ham Galaxy Note 8’ga raqobatchi tayyorlamoqda

  •   DiMaX
  •  1132
  •  25.07.2017 09:37

Huawei ham Galaxy Note 8’ga raqobatchi tayyorlamoqda

Samsung o‘zining Note 8 fabletini avgustning oxirida taqdim etmoqchi. Odatda uning asosiy raqobatchisi sifatida Apple’ning «yubiley» smartfoni – iPhone 8 tilga olinadi. Ammo uning Galaxy Note 8 modeliga yana bitta raqib tayyorlanmoqda – insayderlar Huawei yangi smartfonining yashirin tarzda olingan fotosuratlarini tarqatishgan.

Galaxy Note 8’ning romsiz katta displeyi, 13 megapikselli qo‘shaloq kamerasi va 6 gigabaytlik tezkor xotirasi bor. Android Headlines resursi kechagina e’lon qilgan smartfon renderlariga qaraganda, Honor Note 9 unga munosib raqib bo‘la oladi.

Uning old panelida mexanik tugmachalar yo‘q, ekrani ham romsiz. Orqa panelida esa qo‘shaloq ob’yektivli kamera va barmoq izi skaneri joylashgan. Korpusi ham metalldan ishlangan bo‘lishi taxmin qilinayotir.

 Xabarlarga ko‘ra, Honor Note 9 smartfoniga diagonali 6,6 dyuymli displey, 5000 mA/soat sig‘imli batareyka hamda Huawei’ning o‘z mahsuloti – Kirin 960 protsessori o‘rnatiladi. Tezkor xotirasi hajmi 6 gigabaytga teng bo‘lgan ushbu gadjet shu yil sentyabrning oxirida yoki oktyabrning boshida taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!