Huawei ham o‘zining kelajak smartfonini tayyorlamoqda

Huawei ham o‘zining kelajak smartfonini tayyorlamoqda

Hindistonlik insayder Sudxanshu Ambxore o‘zining tvitterdagi sahifasida Huawei kompaniyasining yangi konsept smartfoni haqidagi qiziqarli ma’lumotlarni ulashdi. Gap buklamafon Huawei Mate X'ning ikkinchi avlodi haqida emas, balki Vivo Apex 2019 va Meizu Zero'ga o‘xshash monoblokli qurilma haqida ketmoqda.

Insayderning tasdiqlashicha, xitoylik texnogigantda hech qanday tirqish va qirqimlarsiz qurilmaning ishlayotgan prototipi mavjud. Unda nafaqat tirqish, balki tugmachalar ham mavjud emas. Ushbu holatda albatta mexanik tugmachalar nazarda tutilmoqda, shunday ekan, uning o‘rniga qandaydir yechim qo‘llanishi turgan gap. Masalan, smartfonning yon qismidan sensorli panel yoki tugmachalar joy olishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Meizu Zero’ni ommaviy ishlab chiqarish bo‘yicha mablag‘ yig‘ish kampaniyasi barbod bo‘lgan edi, Vivo Apex 2019 esa shu oydan sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan. 

O‘QING: Kelajak smartfonlarida interfeys qanday ko‘rinishda bo‘ladi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!