Huawei ham qo‘l qovushtirib o‘tirgani yo‘q — Amerikaga qarshi urush e’lon qildi

Huawei ham qo‘l qovushtirib o‘tirgani yo‘q — Amerikaga qarshi urush e’lon qildi

The New York Times nashrining xabar berishicha, Xitoyning elektronika mahsulotlari va telekommunikatsiya qurilmalari ishlab chiqaruvchi Huawei kompaniyasi AQSh Federal Kommunikatsiya Komissiyasi (FCC) ni sudga berdi.

Xabarda aytilishicha, kompaniya AQSh Appelyatsiya sudining Beshinchi okrugiga o‘z da’vo arizasini topshirgan.

Arizada FCC tomonidan yaqinda chiqarilgan qaror yuzasidan shikoyat qilingan. Agentlik chiqargan qarorda Amerikaning chekka hududlaridagi mobil operatorlarning Huawei va ZTE'dan texnika vositalari sotib olish maqsadida federal subsidiyadan foydalanishiga chek qo‘yilgan. FCC'dagilar bir ovozdan bu ikki kompaniyani milliy xavfsizlikka raxna, deb baholamoqda.OAV uchun o‘tkazilgan konferensiyada Huawei Bosh yuristi Song Lyupin kompaniya arizasi borasida quyidagilarni aytdi: 

“Qo‘shma Shtatlar siyosatchilari kiberxavfsizlik borasida qattiq xavotirda ekanliklarini ta’kidlamoqda. [Biroq] o‘z faoliyatini Xitoyda boshlagani uchun Huawei kabi kompaniyalarga cheklov qo‘yish hech qanday kiberxavfsizlik muammolarini hal qilmaydi.

Ushbu qarorni chiqaryotganda FCC aybsizligini isbotlash uchun Huawei'ga hech qanday imkon bermasdan, bizning kompaniyamizga ochiqchasiga “milliy xavfsizlikka raxna“ tamg‘asini bosib qo‘ydi. FCC'ning qarori Konstitutsiyaga qarshi. Shuning uchun ham, qonuniy yo‘l tutishdan boshqa imkonimiz yo‘q“.

Lyupinning ta’kidlashicha, Huawei qaror natijasida chekka hududlar aholisiga yetkazilishi mumkin bo‘lgan zarar haqida FCC'ga 21 ta batafsil sharh taqdim qilgan.

Kompaniya advokati Glen Nager esa quyidagilarni qo‘shimcha qildi:

“Aloqa to‘g‘risidagi federal qonun Universal xizmati qoidalarida AQSh Aloqa federal komissiyasiga milliy xavfsizlik bo‘yicha qarorlar chiqarish yoki milliy xavfsizlik bo‘yicha qarorlar asosida Universal xizmat jamg‘armalarini cheklash huquqini beruvchi biror eslatma yo‘q“.

FCC Raisi Ajit Pai kongress eshituvida nutq so‘zlab, agentlikning Huawei va ZTE'ga qarshi harakatiga izoh berdi. Uning aytishicha, ikki kompaniya AQSh kommunikatsiya tarmoqlari va kommunikatsiya tarmoq zanjiri xavfsizligiga raxna soladi. “Huawei va ZTE'ning Amerika xavfsizligi va 5G kelajagiga soladigan raxnasi oldida FCC qo‘l qovushtirib o‘tirmaydi“, deydi u.

O‘QING: Huawei nega kurakda turmaydigan so‘zlar bilan Apple’ni haqoratladi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!