Huawei hamyonbop smartfon taqdim etdi, sovg‘asiga – Huawei Band 4 Pro!

  •   DiMaX
  •  2003
  •  19.05.2020 12:52

Huawei hamyonbop smartfon taqdim etdi, sovg‘asiga – Huawei Band 4 Pro!

Xitoylik yetakchi texno-kompaniya avvalroq Huawei Y6P va Huawei Y5p smartfonlarini, shuningdek, MatePad T8 planshetini taqdim etgan edi. Endi bu telefonlar turkumining navbatdagi vakili ham namoyish qilindi.

O‘QING: Huawei eng arzon 5G-smartfoni namoyishini rasman e’lon qildi!

O‘rta narx toifasiga mansub yangi smartfon Huawei Y8p deb nomlangan va Kirin 710F protsessori bazasiga qurilgan. Gadjet tezkor xotirasi 4 va 6 gigabaytlik variantlarda chiqadi, doimiy xotirasi esa har ikkala holatda ham 128 gigabaytlik. Shuningdek, uning korpusida 256 GBgacha hajmli MicroSD-karta uchun uyacha ham ko‘zda tutilgan.

Huawei Y8p diagonaliga 6,3 dyuymlik, aniqligi 2400x1080 piksellik OLED-displeyga ega. Barmoq izi datchigi ham ekranga integratsiya qilingan, uning tepa qismida esa 16 megapiksellik old kamera uchun kemtik mavjud.

Smartfonning bosh kamerasi esa 48, 8 va 2 megapiksellik sensorlarni o‘z ichiga olgan.

O‘QING: Android’ning umuman keragi yo‘q: Harmony OS va «yashirin kamera»li Huawei Mate 40’ni ilk bor «jonli» ko‘ramiz!

Huawei ushbu smartfonini Android 10 operatsion tizimi bazasidagi EMUI 10.1 grafik qobig‘i bilan chiqargan. Payqaganingizdek, unda Google servislari ham, Google Play do‘koni ham yo‘q – foydalanuvchilar kerakli ilovalarni AppGallery orqali yuklab olishlari mumkin.

Huawei Y8p akkumulyatorining tok sig‘imi 4000 mA/soatlik, u USB-C porti orqali 10 vattlik tezkorlikda quvvatlanadi.

O‘QING: Rasmiy ro‘yxat: EMUI 10’gacha yangilanuvchi barcha Huawei smartfonlari

Kompaniya bu smartfonini 245 yevrodan boshlanuvchi narxlarda sotmoqchi. Uning ochiq savdolari 29 may sanasidan boshlanadi, ungacha oldindan buyurtma qilganlarga esa Huawei Band 4 Pro smart-brasleti ham qo‘shib beriladi.

Darvoqe, xitoylik texnogigant kompyuterlar bozoriga Windows’ning «kushanda»sini ham chiqaryapti. Shuningdek, ishlatilsa ham narxini ko‘p yo‘qotmaydigan smartfonlar top-o‘ntaligidagi naq yettita o‘rinni aynan Huawei va uning Honor brendiga mansub modellar band etgan.

 O‘QING: Eng zo‘r o‘nta hamyonbop smartfon (AnTuTu global reytingi, 2020 yil aprel)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!