Huawei: Honor Band Z1 – “aqlli soat” endi yanada arzon va aqlli

Huawei: Honor Band Z1 – “aqlli soat” endi yanada arzon va aqlli

Ixcham, dumaloq metall korpus, silikon tasmaga ega, 1 dyuym, 244.4 mm x 38 mm x 9.5 mm o‘lchamdagi OLED texnologiyasi asosida ishlab chiqarilgan ekranli Honor Band Z1 “aqlli soati” yoki fitnes brasletining narxi 79 dollarga baholangan.

Aqlli soat Android operatsion tizimida ishlaydi. Huawei’ning ma’lumotlariga ko‘ra 70 amper-soat kuchlanishga mo‘ljallangan akkumulyator batareyani bir marotaba quvvatlab qurilmadan o‘rtacha to‘rt kun mobaynida foydalansa bo‘ladi. Bu batareyani 40 daqiqa ichida quvvatlantirsa bo‘ladi. Yoki uni 10 daqiqa quvvatlash orqali kun davomida foydalanish mumkin.

Aqlli soat iOS va Android operatsion tizimlarida ishlaydigan smartfonlar bilan chiqisha oladi. Faol insonlarga mo‘ljallangan soat sizga kun davomida qancha yo‘l yurishingiz, dam olishngiz hamda boshqa harakatlarga oid statistikani ko‘rsatadi, vaqt va kirish qo‘ng‘roqlari haqida ogohlantirishlar berib boradi. Unda Talkband B1 qurilmasidek suhbatlashish funksiyasi o‘rnatilmagan va ilovalarni o‘qishga mo‘ljallanmagan.

Huawei Honor Band Zero juda yengil, u batareya bilan birga 25 gramm tosh bosadigan qurilma. Undagi IP68 himoya tizimi soatning chang va suvga chidamliligini taminlaydi.

Qurilmaga o‘rnatilgan Cortex M4 STM32F411 protsessori ma’lumotlarni qayta ishlashning yuksak texnologik xususiyatiga ega. Mustaqil Bluetooth chipi soatning mobil qurilmalar bilan oson va tez ulanishini ta’minlaydi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.