Huawei ikkita hamyonbop 5G-smartfon – Enjoy 20 hamda 20 Plus’ni taqdim etdi

  •   DiMaX
  •  1523
  •  05.09.2020 16:18

Huawei ikkita hamyonbop 5G-smartfon – Enjoy 20 hamda 20 Plus’ni taqdim etdi

AQSh sanksiyalari tufayli Huawei kompaniyasi hattoki o‘zining Kirin rusumli chipsetlari bazasida ham smartfon chiqara olmayapti. Shu boisdan u yangi modellarida tayvanlik chipsoz – MediaTek protsessorlarini qo‘llay boshlagan.

O‘QING: Flagman protsessorlar jangi: Dimensity 1000+ deyarli barcha benchmarklarda Kirin 990 5G’ni mahv etdi!

Xitoylik texnogigant kuni kecha beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llovchi ikkita hamyonbop – Enjoy 20 va Enjoy 20 Plus smartfonlarini namoyish etdi.

Huawei Enjoy 20 diagonaliga 6,6 dyuymlik, tasvir aniqligi 1600x720 piksellik ekran bilan ta’minlangan. Uning tomchisimon kemtigida 8 megapiksellik old kamera datchigi o‘rnatilgan.

Mazkur smartfon sakkiz yadroli MediaTek Dimensity 720 protsessori bazasida ishlaydi. Huawei uni 4 yoki 6 gigabaytlik tezkor (LPDDR4X) hamda , 128 GB gigabaytlik doimiy (UFS 2.1) xotira chiplari bilan taklif etadi. Gadjetning 5 000 mA/soatlik akkumulyatori 10 vattlik texnologiya asosida quvvatlanadi.

Enjoy 20 bosh kamerasi 13 MPlik (asosiy), 5 MPlik (keng burchakli) hamda 2 MPlik (makro) sensorlardan iborat. Smartfon korpusining o‘ng qirrasida barmoq izi skaneri joylashgan. Mazkur smartfon Android 10 bazasidagi EMIUI 10.1 grafik qobig‘i boshqaruvi ostida ishlaydi.

Bu qurilma 5G standartidan tashqari, 4G VoLTE, Wi-Fi 802.11 ac (2,4 GGs + 5 GGs) hamda Bluetooth 5.1 interfeyslarini ham qo‘llab-quvvatlaydi. Huawei Enjoy 20 narxi 1 699 yuandan boshlanadi, bu esa taxminan 249 AQSh dollariga to‘g‘ri keladi.

O‘QING: Galaxy A42 5G anboksing videosi: Samsung’ning eng arzon 5G-smartfoni boshqalarnikidan ikki karra qimmat ekan!

Huawei taklif etayotgan juftlikning ikkinchisi – Enjoy 20 Plus esa ancha qiziqarli. Unda umuman romsiz displey o‘rnatilgan – o‘lchami diagonaliga 6,63 dyuym keladi, tasvir aniqligi esa 2400x1080 piksellik. Smartfonning selfi-kamerasi korpusning yuqori qirrasidan chiqadi va 8 megapiksellik datchikka ega. Qurilmaning bosh kamerasi bo‘lsa 48 MPlik, 8 MPlik (120°) va 2 MPlik (makro) sensorlarni o‘z ichiga olgan.

Enjoy 20 Plus samaradorligiga ham o‘sha MediaTek Dimensity 720 protsessori javobgar. Huawei bu smartfonini 6 yoki 8 GBlik tezkor (LPDDR4X) va 128 GBlik ichki (UFS 2.1) xotira chiplari bilan sotadi. Bu modelda akkumulyatorning tok sig‘imi sal kamroq – 4 200 mA/soatga teng bo‘lsa-da, kompaniya uni 40 vattlik tezkor quvvatlsh tizimi bilan ta’minlagan.

Plus-versiyadagi smartfonning aloqa interfeyslari ham standart Enjoy 20 modelidagi bilan bir xil. Enjoy 20 Plus narxi esa 2 299 yuandan (taxminan 336 QSh dollaridan) boshlanadi.

O‘QING: Realme V3 taqdim etildi – dunyodagi eng arzon 5G-smartfon!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.