Huawei ilk «aqlli» ko‘zoynagini naq bitta smartfon narxida sotuvga chiqardi

  •   DiMaX
  •  1540
  •  14.09.2019 15:29

Huawei ilk «aqlli» ko‘zoynagini naq bitta smartfon narxida sotuvga chiqardi

Huawei ilk «aqlli» ko‘zoynagini naq bitta smartfon narxida sotuvga chiqardi

Xitoylik texnogigant Janubiy Koreyaning Gentle Monster brendi bilan hamkorlikda «aqlli» ko‘zoynak ishlab chiqqani haqida xabar bergandik . Kecha – 13 sentyabr kuni bozorga chiqarilishi munosabati bilan uning qayta taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

O‘QING: Google kompaniyasi Android tizimli ilk smart-ko‘zoynak taqdim etdi (+video)

Aslida bu gadjet yozda – iyul oyida sotuvga qo‘yilishi kerak edi, lekin negadir uning savdosi kechikdi. Huawei x Gentle Monster nomini olgan mazkur ko‘zoynak biror garniturasiz, bevosita o‘zi smartfonga bog‘lanib, suhbat qilish imkonini beradi. Uni taqsangiz, quloqchinning keragi yo‘q – o‘zida stereodinamiklari bor. Bu aksessuarning kamerasiyam, birorta tugmachasiyam yo‘q – smartfonga kelgan telefon qo‘ng‘irog‘iga javob berish uchun esa shunchaki uning bandiga barmoq bosish kerak. Aloqa sifatini yaxshilash uchun ko‘zoynakka shovqinni to‘suvchi AI Bluetooth texnologiyasi tatbiq etilgan.

Huawei x Gentle Monster korpusida antenna, zaryad moduli, chipset, akkumulyator va bir juft mikrofon mavjud. Bandiga chertilsa, ovozli yordamchi ishga tushadi. «Aqlli» ko‘zoynak korpusi IP67 standartiga ko‘ra suv va changdan himoyalangan. Uni USB-C porti orqali yoki simsiz usulda – charmdan yasalgan g‘ilofi ichiga qo‘yib ham quvvatlasa bo‘ladi. Akkumulyatorining quvvati kutish rejimida 20 soatga, suhbatlashganda yoki musiqa tinglaganda – 2,5 soatga yetadi.

Mazkur ko‘zoynak ko‘p ham emas, oz ham emas – 282 dollardan sotilmoqda. Bu esa bundayroq bitta smartfon narxiga teng.

O‘QING: Kompyuterda ishlash uchun ko‘zoynak qanday tanlanadi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!