Huawei kamerasini sensorli displey o‘rab turuvchi smartfon patentladi!

  •   DiMaX
  •  1183
  •  25.03.2020 18:25

Huawei kamerasini sensorli displey o‘rab turuvchi smartfon patentladi!

Keyingi yillarda turli kompaniyalar o‘zlarining flagmanlariga texnologiyaning yangi yutuqlarini namoyon etuvchi elementlar joriy etishmoqda. Ammo amalda foydali bo‘lgan – smartfon egasiga biror qulaylik taklif etadigan unsurlar qo‘shilishi kam uchramoqda.

O‘QING: iPhone 12’ning lazerli 3D-kamerasi qanday bo‘ladi?

Huawei kompaniyasi shu yil kuzda taqdim etadigan Mate 40 Pro flagmani shu jihatdan yirik yangilik bo‘lishi mumkin. Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (World Intellectual Property Organization – WIPO) xitoylik texnogigantning yangi patentini e’lon qilgan. Unda aks ettirilgan texnologiya hali hech kimda yo‘q va kompaniya bu yangilikni kuzgi flagmanida qo‘llashi mumkin.

Gap shundaki, unda kamera blogining atrofini aylana displey o‘rab turadi; o‘ziyam shunchaki ekran emas, balki sensorli panel! Unda nafaqat turli ma’lumotlar aks etadi, balki bevosita shu qo‘shimcha displeydan smartfonni boshqarish imkoni ham bo‘ladi.

O‘QING: Istalgan Android-smartfonning barmoq izi skaneriga tezkor funksiyalar qo‘shamiz

Quyidagi rasmlarda aylana displeyning qo‘llanilish variantlari berilgan:

Smartfon stolda, ekrani pastga qaratib tashlab qo‘yilganida undagi bildirishnomalar va xabarlarni mana shu sensori orqali ko‘rish mumkin bo‘ladi.

O‘QING: Smartfoningiz fotochaqnog‘iga qo‘shimcha imkoniyatlar baxsh etuvchi uchta bepul ilova

Qo‘shimcha aylana ekran boshqa funksiyalarni ham bajarishi mumkin:

To‘g‘ri, hozircha bu shunchaki patent, ammo Huawei mazkur yechimni Mate 40 Pro modeliga joriy etishi ehtimoli ham mavjud.

O‘QING: Android-smartfonning old kamerasiga virtual fotochaqnoq qo‘shamiz

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.