Huawei 6G tadqiqotlarini boshlab yubordi

Huawei 6G tadqiqotlarini boshlab yubordi

Aksariyat telekommunikatsiya operatorlari hali ham 5G'ga o‘tishning dastlabki bosqichlarida bo‘lishsa-da, Huawei Ottava laboratoriyalarida oltinchi avlod tarmoq yechimlari bo‘yicha tadqiqotlarni boshlab yubordi.

Xabarlarga ko‘ra, kompaniya 13 dan ortiq universitet va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan 6G tarmog‘i va uning qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan sohalar borasida yaqindan ishlamoqda. Kompaniya e’lon qilgan taxminiy prognozlarga ko‘ra, 6G texnologiyasi keng iste’molga 2030-yilga qadar chiqarilmaydi.

Yil boshida Samsung Seuldagi tadqiqot bazasida shunga o‘xshash izlanishlarni yo‘lga qo‘yganligi haqida yangiliklar paydo bo‘lgandi. Shu sababli, Huawei ham keyingi avlod mobil aloqa tizimining asoschilari qatoridan joy olishga harakat qilayotganligi ajablanarli holat emas.

Iyun oyida Nokia, Ericsson va SK Telecom 6G'ni shakllantirish uchun memorandumlar asosidagi strategik hamkorliklari haqida ma’lumot berishgandi. Umuman olganda, bularning barchasi hali ham dastlabki qadamlardir, chunki hozirda 6G uchun aniq standartlar mavjud emas va barcha tadqiqotlar amaliy emas, balkim nazariy hisoblanadi.

O‘QING: 6G insoniyatga nima beradi? Kelajak tarmog‘ini yaratish boshlab yuborilgan!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!