Huawei kompaniyasi nova 10 seriyasidagi uchinchi smartfonni taqdim etdi

Huawei kompaniyasi nova 10 seriyasidagi uchinchi smartfonni taqdim etdi

Huawei nova 10 seriyasi o‘tgan oyda Berlindagi IFA tadbirida taqdim etilgan edi. Unda nova 10 va nova 10 Pro modellari e’lon qilingan bo‘lib, endi ular qatoriga yangi nova 10 SE modeli ham qo‘shildi. 

SE modelining kamera dizayni o‘zgarmagan, ya’ni u ham o‘z “akalari“ singari ikkita bir biriga bog‘langan doirasimon shakldagi kamera modulida ega. 184 gramm og‘irlikka ega qurilmaning qalinligi 7.39 millimetrni tashkil qiladi. 

Smartfon faqat 4G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi Snapdragon 680G chipiga ega bo‘lib, to‘rtta 2.4 gigagertsli Kyro 265 Gold (Cortex-A73) yadro hamda to‘rtta 1.9 gigagertsli Kyro 265 Silver (Cortex-A53) yadro bilan jihozlangan. Garfika uchun Adreno 610 javob beradi. Chip 6/128GB, 8/128GB hamda 8/256GB xotira bilan integrallashgan. 

Old tomonda FHD+ rezolyutsiyadagi 6.67 dyuymli OLED displeyi joylashgan bo‘lib, u 90 gerts chastotada ishlaydi. Barmoq izi skaneri yon tomondagi quvvat tugmasidan o‘rin olgan. 

Huawei nova 10 SE modeli f/1.9 diafragma linzali 108MP asosiy kamera bilan jihozlangan. Yuqori rezolyutsiyali ushbu kamera maksimal 1080p formatda videoga olishi mumkin. Orqa paneldan, shuningdek, 8MP ultrakeng hamda 2MP makro kameralar o‘rin olgan. Old tomonda 16MP selfi kamera joylashgan. 

Huawei ushbu modelni xalqaro bozorga sotuvga chiqaradi. Demak, smartfon HarmonyOS operatsion tizimida emas, balki EMUI 12 grafik qobig‘ida ishlaydi. Qurilma 4,500 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan bo‘lib, u 66 vatt tezlikda quvvat oladi. Smartfonga ikkita SIM-karta qo‘yish mumkin. Shuningdek, u NFC moduliga ega. 

Huawei nova 10 SE oq, yashil va qora ranglarda bo‘ladi. Hozircha smartfon qaysi hududlar uchun ishlab chiqarilishi hamda uning narxi qancha bo‘lishi noma’lum bo‘lib qolmoqda. 

O‘QING: Yana bir Ultra smartfon taqdim etildi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!