Huawei kompyuterlar bozoriga Windows’ning «kushanda»sini chiqaryapti!

  •   DiMaX
  •  1338
  •  02.05.2020 16:00

Huawei kompyuterlar bozoriga Windows’ning «kushanda»sini chiqaryapti!

Xitoyning telekommunikatsiya giganti o‘zining Harmony OS operatsion tizimini turli qurilmalarga tushadigan qilib tayyorlagani haqida yozganmiz. Huawei hattoki Android-smartfonlarni bu tizimga o‘tkazishga qancha vaqt ketishi ham rasman aytilgan.

O‘QING: Xayr Android, xayr Windows! Huawei Harmony OT rasman namoyish qilindi!

So‘nggi xabarlarga qaraganda, – Huawei Technologies Co. Ltd. allaqachon HarmonyOS 2.0 operatsion tizimini bozorga chiqarishga tayyor. Mazkur mahsuloti bilan u kompyuterlardagi eng ommabop – Windows tizimiga raqobatchi bo‘lishi mumkin.

Kompaniya birinchi bosqichda Xitoydagi kompyuter va noutbuklarni HarmonyOS 2.0 bilan qamrab olmoqchi. Nafaqat bular, balki «aqlli» soatlar, avtomobil dasturlari va boshqalar ham milliy operatsion tizimga o‘tkaziladi.

Shunisi ham borki, ekspertlar hozircha HarmonyOS 2.0 muvaffaqiyat qozona olishi haqida prognoz berishdan saqlanib turishibdi. Oddiy foydalanuvchilar esa bunga uncha ishonqiramayapti. Shunga qaramasdan, Huawei’ning butkul mustaqil, AQSh kompaniyalariga bog‘lanib qolmagan kompaniya bo‘lish istagini ko‘pchilik xitoyliklar ma’qullashmoqda.

O‘QING: Umuman kutilmagan Windows 20 tizimini videoda ko‘ramiz!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.