Huawei kutilmaganda Mate 40 Pro flagmani va Mate X2 buklamafonini arzon versiyalarda chiqardi!

  •   DiMaX
  •  680
  •  24.04.2021 10:15

Huawei kutilmaganda Mate 40 Pro flagmani va Mate X2 buklamafonini arzon versiyalarda chiqardi!

Xitoylik texnogigant bultur Huawei P40 turkumida oltita modelda smartfon taqdim etgan edi. Bu yil fevralning oxirida esa kompaniya ortiqcha shov-shuvlarsiz shu oilaning yettinchi vakili – Huawei P40 4G modelini chiqargan. Mart oyida esa...

O‘QING: Huawei Mate 40E 5G chiqdi: 90 gerslik displey, 64 MPlik kamera

Huawei kompaniyasining Xitoydagi rasmiy saytida endi Mate 40 Pro hamda Mate X2 smartfonlarining 4G-versiyalari paydo bo‘ldi. Ularning texnik xususiyatlari standart modellardan farq qilmaydi – o‘sha Kirin 9000 protsessori, faqat 5G-modulsiz.

Huawei Mate 40 Pro 4G modeli diagonaliga 6.67 dyuymlik, yangilanish chastotasi 90 gerslik OLED-ekranga ega. Uchtalik kamerasi 50 + 12 + 20 megapiksellik modullarni o‘z ichiga olgan. Akkumulyatorining tok sig‘imi 4400 mA/soatlik bo‘lib, simli tezkor, simsiz va reversiv quvvatlash texnologiyalari bilan ta’minlangan.

O‘QING: Huawei Mate 40 Pro kuchliroqmi, yoki Galaxy Note 20 Ultra? («jonli» test videosi)

Arzonlashtirilgan buklama smartfon – Huawei Mate X2 4G ham originali singari ikkita displeyga va 8 gigabaytlik «operativka»ga ega. Batareyasi 4500 mA/soatlik bo‘lsa, kvadrokamera jamlanmasiga 50 + 16 + 12 + 8 megapiksellik sensorlar kirgan.

 Huawei bu smartfonlarning narxlarini hozircha ma’lum qilmagan, biroq ular o‘zlarining original – 5G-modellaridan pastroq baholanishi turgan gap.

O‘QING: Huawei Mate X2'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.