Huawei Mate 10 sifat va narxda iPhone 8 bilan bellashadi

Huawei Mate 10 sifat va narxda iPhone 8 bilan bellashadi

Huawei shu kunlarda tayyorlayotgan Mate 10 flagmani joriy yilning 16 oktyabrida Germaniyaning Myunxen shahrida taqdim qilinishi kutilmoqda.

Xitoyning TableTowo insayder nashrining yozishicha, Huawei Mate 10 "ajdodi" bo‘lmish Mate 9'dan kattaroq -- 6.1 dyuymli faqat shishadan iborat displeyga ega bo‘ladi va smartfon bozorida LG G6 hamda Galaxy S8 / S8+ flagmanlariga raqobatchi bo‘ladi.

Mate 10 devaysida Kirin brendining kuchli, ma’lumotlarni 10 nanometrli texnik jarayonda qayta ishlaydigan protsessor, qo‘sh sensorli bosh kamera, qo‘sh sensorli old kamera, uzoqqa chidaydigan akkumulyator bilan ta’minlanadi. Aftidan, xitoylik peshqadam chinakam fablet tayyorlayotganga o‘xshaydi.

Huawei'ning xaridorlar bo‘yicha bo‘linma rahbari Richard Yuning ma’lum qilishicha, Mate 10 flagmani Apple'ning yangi avlod iPhone smartfonlaridan ilg‘orroq bo‘ladi va yaxshiroq sotiladi.

Xitoyning eng peshqadam va jahonning 3-raqamli smartfon ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan Huawei kompaniyasi an’anaga ko‘ra, Mate 10'ning arzon -- Galaxy S8'niki kabi 5.8 dyuymli Mate 10 Lite talqinini ham sotuvga chiqaradi.

Narx-navo masalasida ham Mate 10 Apple'ning flagmanlaridan ortda qolgisi yo‘q: flagman bahosi 1,100 AQSh dollari atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!