Huawei Mate 20 flagmanlaridan biri stilusli bo‘ladi! (+«jonli» suratlar)

  •   DiMaX
  •  792
  •  15.10.2018 15:22

Huawei Mate 20 flagmanlaridan biri stilusli bo‘ladi! (+«jonli» suratlar)

Xitoylik texnogigantning navbatdagi flagmanlari – Mate 20 turkumidagi uch modeldagi smartfonlari taqdimotga tayyor. Ushbu turkumga standart Huawei Mate 20, uning yanada kuchaytirilgan Mate 20 Pro talqini hamda Mate 20X geymerofoni kiradi.

O‘QING: Huawei’dan syurpriz: u ham o‘yinbop smartfon – Mate 20X flagmanini tayyorlabdi!

Weibo ijtimoiy tarmog‘ida Huawei Mate 20 smartfonlari aks ettirilgan stend tushirilgan qiziqarli surat tarqaldi.

Ko‘rib turganingizdek, stendda uchta modeldagi smartfon ham ko‘rsatilgan. Aftidan, chap tomonda Huawei Mate 20 hamda Mate 20 Pro, o‘ngdagisi – eng yirik o‘lchamlisi esa Mate 20X modeli bo‘lsa kerak. Aynan uning yonida stilus ham ko‘zga tashlanadi.

Huawei ushbu smartfonlarini ertaga – 16 oktyabr kuni, London shahridagi tadbirda rasman taqdim etadi. Huawei Mate 20 flagmanlari 7 nanometrlik tex-jarayonga asoslangan baquvvat Kirin 980 protsessorli ilk smartfonlar bo‘ladi.

Yangi flagmanlarning narxi hozircha noma’lum, ammo bir qator rusumlardagi Huawei smartfonlarini mana bu havola orqali Terashop.uz internet-do‘konimizdan qulay narxlarda, onlayn tarzda xarid qilish imkoni bor.

O‘QING: Huawei’ning betakror romsiz slayderi – Honor Magic 2 taqdimot kuni ma’lum!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!