Huawei Mate 20 ikkita ko‘rsatkichda rekord o‘rnatdi!

  •   DiMaX
  •  1461
  •  17.11.2018 10:14

Huawei Mate 20 ikkita ko‘rsatkichda rekord o‘rnatdi!

Xitoylik texnogigant yaqinda o‘zining Mate 20 turkumidagi yetakchi smartfonlarini rasman taqdim qildi. Garchi boshqa smartfonsozlar o‘z flagmanlari ularga tenglashishini aytsalar-da, aslida vaziyat boshqacharoq...

O‘QING: Xiaomi provokatsiyasiga Huawei javobi: «Bizdan faqat o‘zimizgina o‘zib keta olamiz!»

Huawei kompaniyasi esa Mate 20 Pro kamerasini ham allaqachon DxOMark servisida tekshirib ko‘rgan, ammo faqat uning natijasi o‘ta yuqori bo‘lganini aytib, aniq raqamlarni hozircha e’lon qilmay turibdi. Aftidan, boshqa birorta smartfonsoz o‘zining yangi flagmani kamerasini maqtagach, xitoylik texnogigant Mate 20 Pro natijalarini ko‘rsatib, darhol uning «og‘zini yopish»ni ko‘zlamoqda.

Mazkur kompaniyaning Huawei Mate 20 modeli akkumulyatorining ishlashi boshqa smartfonsozlarning flagman qurilmalari bilan taqqoslab tekshirib ko‘rildi. Bunda sinovlar qanday sharoitlarda olib borilgani ma’lum qilinmasa-da, natijalar hayratlanarli. Batareyaning bitta to‘liq quvvati bilan uzoq muddat ishlash bo‘yicha ushbu gadjet rekord qo‘ygan – naq 14 soatu 26 daqiqa! Ikkinchi o‘rindagi iPhone XR avtonomligi esa 11 soatu 1 daqiqaga yetgan – oradagi farqni qarang-da!

Shuningdek, ommabop flagmanlar akkumulyatorni quvvatlash tezligi borasida ham sinab ko‘rilgan. Huawei Mate 20 bu yerda ham yetakchiligini namoyon etgan – uning batareyasi atigi 98 daqiqada to‘la quvvatlanib ulgurgan.

E’tibor qiling: hatto akkumulyatorining tok sig‘imi kichik bo‘lgan modellarni ham Huawei Mate 20 ortda qoldirgan.

Aytish kerakki, ushbu kompaniyaning jahon bozoriga taqdim etilgan ayrim rusumlardagi smartfonlarini Terashop.uz internet-do‘konimizdan 890 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda xarid qilishingiz mumkin.

O‘QING: «Malika»dagi do‘konlar ishlamayapti – nima gap o‘zi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.