Huawei Mate 20 Pro: «suvosti rejimi» siri oshkor bo‘ldi

  •   Saroy
  •  1290
  •  22.09.2018 12:05

Huawei Mate 20 Pro: «suvosti rejimi» siri oshkor bo‘ldi

Kuni kecha Huawei flagmanining jonli surati namoyish qilingan edi, shuningdek Mate 20 Pro modelining bir qancha foydali funksiyalari haqida ham atroflicha yozilgandi. Qurilmaning yangi funksiyalaridan bir, suv ostida suratga olish imkoniyatidir. Qurilma suv tagida ham yuqri sifatda suratga oladi. Albatta, bu ishni u maxsus keys yordamida amalga oshiradi, chunki mazkur funksiya hozircha dasturiy xarakterga ega.

O‘QING:Allaqachon do‘konlarga «ko‘rinmas» Huawei Mate 20 Pro flagmani chiqdi

Bugun esa  yangi tizerda ushbu imkoniyatning qolgan jihatlari ham Weibo saytida namoyish etildi keyin YouTube’ga joylashtirildi. Albatta ishlab chiqaruvchi suv o‘tmaydigan qurilmani nazarda tutayotgandir, biroq bu yangi funksiya emas, chunki  Mate 10 Pro’da ham u bor edi. Shunday ekan, tizerda gap aynan suvostida suratga olish haqida ketmoqda.

O‘QING:Ishonasizmi? Huawei’ning «egiluvchan» smartfoni 5G modulida ishlaydi

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!