Huawei Mate 20 Pro’ni atigi 4 dollar evaziga Mate 30 Pro’ga «aylantirsa» bo‘ladi!

  •   DiMaX
  •  1603
  •  18.01.2020 11:37

Huawei Mate 20 Pro’ni atigi 4 dollar evaziga Mate 30 Pro’ga «aylantirsa» bo‘ladi!

O‘tgan yilning eng zo‘r kamerofonlaridan biri Huawei Mate 30 Pro flagmani bo‘lib, DxOMark reytingida uning 5G-versiyasi hozirda rekordchi bo‘lib turibdi. Nostandart dizayni tufayli bu flagman raqiblari orasida ajralib turadi.

O‘QING: Huawei Mate 30 5G flagmanlari savdoga chiqib, 1 daqiqadayoq 1 milliardlik sotildi!

AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo jangi sababli Huawei Mate 30 Pro modellari Google ilovalari va servislaridan mahrum etilgan. Qidiruv gigantining xizmatlaridan voz kechishni istamagan, ammo qo‘lida xitoylik gigantning eng zo‘r flagmani bilan maqtanishni xush ko‘ruvchilar uchun buning ham chorasi topildi. Tinib-tinchimagan xitoyliklar Huawei Mate 20 Pro uchun ishlab chiqargan yangicha g‘ilof uni Mate 30 Pro qiyofasiga kiritadi-qo‘yadi!

Xitoyda ushbu g‘ilofni atigi 4 dollardan sotishmoqda; u charmga o‘xshash zarg‘aldoq rangda taqdim etiladi. Mate 20 Pro smartfoniga uni kiydirsangiz, kamerasi xuddi Huawei’ning so‘nggi flagmanidagi kabi aylana blok orasida qoladi va qo‘lingizdagi haqiqiy Mate 30 Pro emasligini birov payqamaydi ham.

O‘QING: Eng zo‘r iPhone ham DxOMark testida ikkita xitoycha flagmanga mag‘lub bo‘ldi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.