Huawei Mate 20: tarmoqlarda yangi flagman haqida ma’lumot tarqaldi

  •   Saroy
  •  1094
  •  09.10.2018 17:17

Huawei Mate 20: tarmoqlarda yangi flagman haqida ma’lumot tarqaldi

Mate 20 va Mate 20 Pro flagmanlari 16 oktyabrda Londonda taqdim etilishi kerak. Kutilishicha, ikkala qurilma ham  7-nanometrli Huawei Kirin 980 protsessori bilan  ta’minlanadi. Bugun ushbu qurilmalarning ishlash samaradorigi bo‘yicha  AnTuTu testi natijalari e’lon qilindi. Ushbu xabar orqali  qurilmalarning yangi surati va muhim jihatlari bilan tanishib olsa bo‘ladi.

6 GB OZU va 128 GB xotirali smartfonning olgan umumiy bali  313 561 bo‘ldi. Taqqoslash uchun, Xiaomi Mi 8  shunday jihatlari bo‘lsada, Snapdragon 845 chipi bilan atigi 287 469 ball to‘plagandi. Bu esa  Kirin 980 chipiga 9 foizlik ustunlik beradi.

O‘QING:Huawei’dan syurpriz: u ham o‘yinbop smartfon – Mate 20X flagmanini tayyorlabdi!

Kompaniyaning ta’kidlashicha, Kirin 980 unga raqobatchi bo‘lgan  Snapdragon 845 chipidan ustundir. Bu ustunlik protsessordagi NPU va GPU Turbo neyron tarmog‘i evaziga bo‘ldi. Kirin 980  7 nm texnologiyasi  bo‘yicha tayyorlangan va ikkita katta  A76 yadroni o‘zida mujassamlashtirgan. Uning chastotasi  2,6 GGs, ikkita o‘rtacha A76 yadrosi esa 1,92 GGs chastotali hamda to‘rtta kichik ​​A55 yadrolisi  1,8 GGs chastotali. Shuningdek, grafikasi Mali-G76.

O‘QING:Huawei Mate 20 va Mate 20 Pro: iPhone XS’dan ham qimmatmi

Xabarlarga qaraganda,  Huawei Mate 20 6,53-dyuymli TFT LCD FHD + displeyiga ega bo‘ladi. Ekrani suv tomchisi tirqishi bilan  2244x1080 piksel formatida. U sakkiz yadroli Kirin 980 chipida ishlaydi va orqa panelida barmoq izi skaneri joylashgan. Batareyasi 4000 mAch sig‘imiga ega.