Huawei Mate 20 X 5G taqdim etildi: akkumulyator «kichraygan», ammo «tezlashgan»

  •   DiMaX
  •  1676
  •  17.05.2019 12:13

Huawei Mate 20 X 5G taqdim etildi: akkumulyator «kichraygan», ammo «tezlashgan»

Xitoylik texnogigant o‘tgan yilning kuzida Huawei Mate 20 X smartfonini taqdim qilgan edi. Mazkur o‘yinbop flagman bir necha marta benchmarklarda kuchli o‘nlikka kirgan.

O‘QING: Dunyodagi eng zo‘r Android-smartfonlar o‘ntaligi (AnTuTu reytingi, 2019 yil aprel)

Kecha esa kompaniya uning yanada ilg‘or – beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi Huawei Mate 20 X 5G versiyasini namoyish qildi. Undagi Kirin 980 chipseti jamlanmasiga Huawei’ning o‘z ishlanmasi – Balong 5000 rusumli 5G-modem ham kirgan.

Shuningdek, Huawei Mate 20 X 5G alohida sotiluvchi M-Pen stilusini ham qo‘llab-quvvatlaydi.

O‘QING: «Flagmancha» trolling: Huawei o‘z reklamasini Samsung’ning «ustiga ilib» qo‘ydi!

Biroq yangi flagmanning original Mate 20 X modelidan farqlari potensial xaridorlarni biroz ranjitishi ham mumkin. Gap shundaki, bulturgi flagmanning akkumulyatori 5000 mA/soatlik tok sig‘imiga ega bo‘lsa, xitoylik texnogigantning 5G-smartfonida mazkur ko‘rsatkich 4200 mA/soatgacha pasaytirilgan. Ammo shuning o‘zi ham bir kunlik faol foydalanishga bemalol yetadi. Bundan tashqari, o‘tgan yilgi Mate 20 X batareyasi 22,5 vattlik texnologiya bo‘yicha tezkor quvvatlana oladigan bo‘lsa, yangi flagman 40 vattlik tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

Huawei Mate 20 X 5G smartfoni uchun shu yilning may oyi oxiridan oldindan buyurtmalar olina boshlaydi, iyunda u Angliya bozoriga chiqariladi. Bu smartfonni faqat Emerald Green rangli korpusda, 999 yevro evaziga taklif etishadi. Terashop.uz internet-do‘konimizda esa shu kompaniyaning turli smartfonlarini 860 000 so‘mdan boshlangan narxlarda xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: Huawei P30 flagmanlari ham Terashop.uz’ga keldi! Shu kompaniya smartfonlarining narxlari bilan tanishing! (2019 yil 2 may)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.