Huawei Mate 30 5G flagmanlari savdoga chiqib, 1 daqiqadayoq 1 milliardlik sotildi!

  •   DiMaX
  •  2650
  •  01.11.2019 15:52

Huawei Mate 30 5G flagmanlari savdoga chiqib, 1 daqiqadayoq 1 milliardlik sotildi!

Xitoylik texnogigant yaqinda Myunxen shahridagi maxsus tadbirida yangi flagmanlari – Mate 30 hamda Mate 30 Pro smartfonlarini taqdim etgan edi. Bugun – 1 noyabr kuni ularning beshinchi avlod uyali tarmog‘ida ishlovchi versiyalari rasman sotila boshladi.

O‘QING: Samsung endi Huawei’ni masxara qilishga o‘tdi: nishonda – Mate 30 flagmanlari!

Huawei Mate 30 5G modeli xaridorlarga tezkor/ichki xotirasiga ko‘ra ikki xil konfiguratsiyada taklif etilmoqda. Uning 8/128 gigabaytligini 706 dollarga, 8/256 gigabaytligini bo‘lsa 777 dollarga olish mumkin. Huawei Mate 30 Pro 5G modelining esa 8/256 gigabaytligi uchun 975 dollar, 8/512 gigabaytligi evaziga 1116 dollar so‘rashyapti.

Huawei faxr bilan e’lon qilishiga qaraganda, Mate 30 5G hamda Mate 30 Pro 5G modellari savdoga qo‘yilishi bilan, ilk daqiqaning o‘zidayoq naq bir milliard yuanlik sotilgan. Bu esa 140 million AQSh dollariga to‘g‘ri keladi.

Umuman, Huawei Mate 30 turkumini Xitoyning o‘zida xaridorlar juda yaxshi qarshi olishgan. Mate 30 hamda Mate 30 Pro modellari savdoga chiqqanidan so‘ng bir haftaga yetmasdan, ular bir million donadan oshiq sotilgan.

Terashop.uz internet-do‘konimizda esa oldingi avlod Huawei smartfonlarini 1 045 000 so‘mdan boshlangan narxlarda xarid qilish mumkin.

O‘QING: Antiqa aksiya: uy telefonini topshirib, smartfon oling!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!