Huawei Mate 30 lineykasining "jonli" tasvirlari paydo bo‘ldi, ba’zi jihatlari oshkor qilindi

Huawei Mate 30 lineykasining

Kuni kecha, tez orada taqdim qilinuvchi Huawei Mate 30 lineykasi smartfonlarining render tasvirlarini ko‘rgan edik, endi esa Mate 30 va Mate 30 Pro smartfonlarining "jonli" suratlari paydo bo‘ldi. Old tomondan Mate 30 va Mate 30 Pro'lar ekranlari o‘rtasidagi farqni ko‘rishimiz mumkin. Mate 30'ning displeyi qayrilmagan, kamera tirqishi esa 30 Pro'nikiga qaraganda kichikroq. 30 Pro ekrani esa sharshara ekran. Qurilmaning Pro versiyasidagi uch datchikdan iborat old kamera jamlanmasi ToF kamera, kamera sensori va chiroqdan iborat bo‘lishi kerak. Orqa tomonda esa, Mate 30 Pro qora, zumrad yashil (jilovdor bo‘lmagan teksturali), osmonrang kulrang va kosmik qirmizi ranglarda bo‘ladi. Har ikki smartfon ham to‘rt kamerali aylana modulga ega bo‘ladi. Datchiklar qatoriga ikkita 40 megapikselli asosiy, 8 megapikselli telefoto va ToF modul hamda chap tomonda joylashgan chiroq kiradi. 

40 vattli tezkor quvvatlash va 27 vattli simsiz quvvatlash texnologiyalariga ega Mate 30'da akkumulyator sig‘imi 4 200 mA/soat, Mate 30 Pro'da 4 500 mA/soat bo‘ladi. Har ikki "aka-uka" 7 nanometrli Kirin 990 chipida ishlaydi, EMUI 10 interfeysiga ega bo‘ladi, Google xizmatlari esa o‘rnatilmagan bo‘lishi kerak.

O‘QING: Mate 30 Pro "qo‘lga tushdi"!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.