Huawei Mate 30 Pro yangi suratlarda: to‘g‘ri to‘rtburchakli modul, ikkitalik selfi-kamera va ajoyib dizayn!

Huawei Mate 30 Pro yangi suratlarda: to‘g‘ri to‘rtburchakli modul, ikkitalik selfi-kamera va ajoyib dizayn!

Insayder Mukul Sharma o‘zining Twitter sahifasida shu yilning kuzida taqdim qilinishi kutilayotgan Huawei Mate 30 Pro kamerofonining bir nechta konsept suratlarini e’lon qildi.

Barcha iPhone XI va Google Pixel 4 smartfonlarining kvadrat modulini muhokama qilayotgan bir vaqtda, insayder Huawei asosiy kamera blokini to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida yaratishini ta’kidlamoqda.

Концепт-арты демонстрируют прямоугольную камеру Huawei Mate 30 Pro

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilgi Huawei Mate 20 lineykasi o‘zida kvadrat modulli asosiy kamerani mujassam qilgandi. Ushbu dizayndagi modellar esa shu yildan boshlab smartfonlar industriyasida yangi trendga aylanishi mumkin.

Концепт-арты демонстрируют прямоугольную камеру Huawei Mate 30 Pro

Asosiy kameraning to‘rtburchak blokida bugungi kun uchun rekord ko‘rsatkich bo‘lmagan - to‘rtta suratga olish datchigini hamda fotochaqnoqni ko‘rish mumkin.

Концепт-арты демонстрируют прямоугольную камеру Huawei Mate 30 Pro

Smartfonning old paneli Samsung Galaxy S10+'ni eslatadi, faqat aylana qirqimga joylashgan ikkitalik kamera o‘ng emas, chap tomonda joylashgan.

Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, Huawei Mate 30 seriyasi 22 sentyabrda taqdim etiladi va u yangi Ark (yoki HongMeng) dasturiy tizimi ostida ishlovchi birinchi smartfonga aylanadi. Hozirgacha global bozorga chiqqan ayrim Huawei smartfonlarini esa allaqachon 845 000 so‘mdan boshlangan narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish mumkin.

O‘QING: Huawei smartfonlariga o‘rnatiluvchi Hongmeng (yoki Ark OS) operatsion tizimining ilk skrinshotlari!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.