Huawei Mate 30 qiyofali, lekin 100 dollarlik smartfon chiqdi

  •   DiMaX
  •  1804
  •  19.08.2020 18:04

Huawei Mate 30 qiyofali, lekin 100 dollarlik smartfon chiqdi

To‘rtta kamera, 6 gigabayt tezkor va 128 gigabayt ichki xotiraga ega Cubot Note 20 Pro smartfoni rasman taqdim etildi. Bu xususda Daryo nashri xabar bermoqda.

O‘QING: 95 dollarlik Nokia C3 chiqdi: Android 10 tizimli smartfon naq 400 GB xotirani qo‘llab-quvvatlaydi!

Cubot Note 20 Pro modeliga 6,5 dyuymlik displey o‘rnatilgan. Ingichka hoshiyalar evaziga ekran korpusning 90,3 foizini egallagan. Old kamerasi 8 megapiksellni tashkil etadi. Asosiy kamera modulidan 12 megapiksellik Sony IMX486 hamda 20 megapiksellik Sony IMX350 o‘rin olgan.

Smartfon yakka kristalli MediaTek Helio P60 protsessori asosida ishlaydi. Akkumulyator sig‘imi 4200 mA/soatga teng. Cubot Note 20 Pro NFC moduliga, naushniklar uchun 3,5 millimetrlik tirqish va USB-C portlariga ega bo‘lgan.

24 avgust kuni smartfon 120 dollardan sotuvga chiqadi, dastlabki ming nafar xaridor uni 100 dollar evaziga sotib olishlari mumkin.

O‘QING: 100 dollarlik eng zo‘r smartfonni Oukitel tayyorladi: Helio P60, 4/64 GB xotira, FullHD+, kvadrokamera...

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.