Huawei Mate 30'ning kamera tiriqshi qanday bo‘ladi?

Huawei Mate 30'ning kamera tiriqshi qanday bo‘ladi?

Weibo'da yaqinda taqdim qilinuvchi Huawei Mate 30 smartfonining old paneli va qurilma uchun ekran himoyalagich tasviri mavjud post paydo bo‘ldi. Hozirga qadar oshkor bo‘lgan ma’lumotlarning aksariyati gadjetning Pro versiyasiga taaluqli edi. Mana endi, nisbatan arzonroq Mate 30 haqida ham oz-moz ma’lumotga egamiz.

Post va qo‘yilgan ikkita rasmga ko‘ra, smartfon old panelining yuqorisidagi kamera tirqishi Mate 30 Pro'dagidan kichikroq, lekin o‘tgan yilgi Mate 20'nikidan ancha kattadir.

Bu takomillashtirilgan yuzni tanish texnologiyasi uchun kerakli barcha komponentlar u yerga sig‘masligini bildirishi mumkin, lekin qo‘shimcha katta hajmdan nima maqsad? Balkim kompaniya Mate 30'ni qo‘shaloq selfi kamera bilan jihozlamoqchidir yoxud qandaydir boshqa surpriz tayyorlaganmikan!?

Huawei Mate 30/30 Pro 19 sentyabr kuni taqdim qilinadi. Bor haqiqatni shunda bilib olamiz.

O‘QING: Shu kunlarda chiqadigan Huawei Mate 30 flagmanlari Google servislaridan va Android litsenziyasidan mahrum etildi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.