Huawei Mate 40 Pro kuchliroqmi, yoki Galaxy Note 20 Ultra? («jonli» test videosi)

  •   DiMaX
  •  1739
  •  18.12.2020 13:07

Huawei Mate 40 Pro kuchliroqmi, yoki Galaxy Note 20 Ultra? («jonli» test videosi)

Shu yil oktyabr oxirlarida yangi Huawei Mate 40 smartfoni taqdim etilgan, shuningdek, yanada ilg‘or fotoflagmanlar – Mate 40 Pro hamda Mate Pro+ ham namoyish qilingan edi. Antutu servisining o‘sha oy reytingida bulardan ikkinchisi barcha flagmanlarni «changida qoldirgan» bo‘lsa, noyabr reytingida uchinchisi g‘olib kelgan.

O‘QING: Geekbench aniqlik kiritdi: Mi 11 eng zo‘rmi, Mate 40 Pro’mi yoki Galaxy S21?

SpeedTest G nomli YouTube-kanal muallifi Huawei Mate 40 Pro flagmanini yetakchi smartfonsozning eng kuchli modeli – Galaxy Note 20 Ultra bilan real sharoitlarda taqqoslab ko‘rsatdi. Eslatib o‘tamiz, Samsung uni Qualcomm kompaniyasining hozirgacha bozorga chiqqan eng zo‘r – Snapdragon 865 Plus chipseti bazasida tayyorlagan.

Markaziy protsessor samaradorligi bo‘yicha Mate 40 Pro raqibidan salgina ustun keldi, lekin grafik tezlatgich bahsida Samsung smartfoni undan o‘zib ketdi.

Umumiy test natijalariga ko‘ra Samsung Galaxy Note 20 Ultra fableti o‘z raqibidan 8 soniyaga ilgarilab ketgan. Bloger uning ham, Huawei Mate 40 Pro flagmanining ham yaxshi optimizatsiya qilinganini ta’kidlagan.

O‘QING: Huawei flagmanidan olganlarga iPhone 12 sovg‘a qilishyapti!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!