Huawei: Mate 8 flagmani 1 million nusxada sotildi

Huawei: Mate 8 flagmani 1 million nusxada sotildi

Bahorning ilk kunida Huawei  Mate 8 flagmanini Minskda ham rasman e’lon qildi. O‘ziga xos uslubga ega metall korpus zamonaviy didga ega smartfon 2016 yilning yanvarida Las-Vegasda namoyish etilgan, jozibali ko‘rinish va keng ekranga ega gadjet ko‘pchilikning diqqat-e’tiborini qaratgan edi.

Marosimda Huawei kompaniyasining sotuv ishlari bo‘yicha direktori Fan Jingong ishtirok etib, mazkur gadjetning imkoniyatlari Las-Vegasda o‘tgan Consumer Electronics Show xalqaro ko‘rgazmasida yuqori baholanganini va 16 ta mukofotni qo‘lga kiritganini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Huawei  Mate 8 Xitoyning o‘zida 1 milliondan ziyod nusxada sotilgan.

Huawei Mate 8 1920×1080 pikselli 6-dyuymli IPS (LCD – qattiq kristalli displey) turidagi displeyga, 8 yadroli, eng uzog‘i bilan 2,3 GGs chastotada ishlaydigan HiSilicon Kirin 950 protsessori, 3 GB tezkor hamda 32 GB qo‘shimcha xotiraga ega. U 132 GB.gacha bo‘lgan qo‘shimcha xotirani qo‘llab-quvvatlaydi.

Mobil vosita Android 6.0 Marshmallow operatsion tizimida ishlaydi.

Flagman Sony IMX298 sensoridan foydalanilgan, optik barqarorlik funksiyasiga ega 16 MP bosh kamera bilan ta’minlangan. Old kamerada 8 megapiksel sig‘imigacha bo‘lgan surat olish mumkin.

Gadjetning akkumulyator sig‘imi 4000 mAs. Tezkor quvvatlash texnologiyasi uni 35 daqiqada 40 foizga to‘ldirish imkonini beradi. O‘rtacha foydalanganda smartfon bir kunda 20 foiz quvvatni yeydi.

Gadjetning o‘lchamlari: 157mm x 80mm x 7.9 mm. U 185 gramm vaznga ega.

Mutaxassis va ekspertlar Huawei Mate 8’ning Samsung Galaxy S7 bilan raqobatlasha olishini taxmin qilishmoqda. Keng imkoniyatlarga ega qurilma yilning eng ommabop biznes-smartfoniga aylanishi mumkin. Uning bahosi xalqaro bozorda $703-1070 AQSh dollari bo‘lishi kutilmoqda.

 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!